22-bob. Hayit kuni namozgohda qurbonlik qilmoq
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam Qurbon hayiti kuni
namozgohda (tuya, sigir yokim qo'y) so'yib qurbonlik qilur erdilar».
23-bob. Hayit namozi xutbasida imom va odamlarning gapirmog'i; Imomdan
biror narsa to'g'risida so'ralsa, javob beradirmi?
Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti
kuni namozdan so'ng xutbaga chiqib: «Kimki biz singari namoz o'qib, qurbonlik
qilg'aydir, ul shubhasiz to'g'ri qurbonlik qilibdir. Kimki qurbonlikka atalgan qo'yni hayit
namozidan avval so'ygan ersa, ul qurbonlik ermas, go'shtdir!» -dedilar. Shunda Abu
Burda o'rnidan turib: «Yo Rasululloh, Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, hayit
namoziga chiqishdan oldin qurbonlikka atalgan qo'yni, bugun yeb-ichadirgan kun deb
tushunib, shoshib so'yib qo'yibman. Go'shtidan o'zim ham yedim, qo'shnilarim va bola-
chaqalarimga ham yedirdim»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ul
go'shtga so'yilgan qo'ydir!»-dedilar. Abu Burda: «Menda bir yashar echki bor, ikki
yashar qo'ydan ham yaxshiroq, o'shani so'ysam, qurbonlikka o'tg'aydirmi?» - dedi.
Janob Rasululloh: «Ha, bo'lur, lekin bu sendan keyin biror kishiga ham ruxsat
etilmag'aydir!» -dedilar. Keyin, yana bunday deb qo'shib qo'ydilar: «Kimki hayit
namozidan avval qurbonlik so'ygan bo'lsa, namozdan keyin o'rniga boshqasini so'ysin!
Kimki so'ymagan bo'lsa, namozdan keyin «Bismilloh» deb so'ysin!»
24-bob. Hayit namozidan qaytayotganda borgan yo'l qolib, boshqa yo'ldan
yurganlari
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti
kuni hayit namozini o'qib, keyin xutbaga chiqdilar. Kim namozdan avval qurbonlikni
so'yib qo'ygan bo'lsa, qaytadan so'ymoqni buyurdilar. Shunda ansoriylardan bir kishi
turib: «Yo Rasulalloh, mening qo'shnilarim bor («ular muhtojroq yokim faqirroq»,- dedi),
. shuning uchun men namozdan avval qurbonlikni so'ydim. Menda yana bir yashar
echkicha bor, u menga ikkita qo'zidan ham afzal,- dedi. Rasululloh unga o'sha echkini
qurbonlik qilmoqni buyurdilar».
Jundub raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit
kuni namoz o'qib, xutba qildilar, so'ng qurbonlik so'ydilar».
Jobir raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni
namozga borgan yo'l qolib, boshqa yo'ldan qaytar erdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |