42-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz sendan ajrab
qolayotganimizdan xafamiz»,- deganlari
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«(Musibat yetganda) ko'zdan yosh oqg'aydir, ko'ngil g'am chekkaydir»,-deganlar».
43-bob. Kasai huzurida yig'lamoq haqida
Abdullohibn Umar rivoyat qiladirlar: «Sa'd ibn Uboda betob bo'lib qoldilar. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf, Sa'd ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn
Mas'ud birlan birga ko'rgani kirganlarida, bola-chaqalari uning tevaragida turishgan
erkan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vafot etdimi?» - dedilar. «Yo'q, yo
Rasululloh»,-deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yig'ladilar. Ul kishining
yig'laganlarini ko'rib, boshqalar ham yig'ladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Eshitmakdamisiz, Olloh taolo ko'z yoshi va dil qaygusi uchun azob
bermag'aydir. Lekin, mana buning uchun azob berg'aydir yoki rahm qilg'aydir»,-deb
tillariga ishora qildilar».
Mayyit o'z ahlining unga motam tutib (dod solib) yig'lashi sababli (qabrda) azob
chekkaydir. Hazrat Umar raziyallohu anhu dod solib yig'laganlarni aso birlan urur erdilar,
tosh otib, tufroq sochib haydar erdilar.
44-bob. Janob Rasulullohning dod solib yig'lamoqni man' qilganlari va uni
qattiq qoralaganlari
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Horisa, Ja'far va Abdulloh ibn Ruvohaning
o'ldirilgani to'g'risidagi xabar yetib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning
yuzlaridan xafaliklari shundoqqina bilinib turar erdi. Men eshikning tirqishidan qarab
turgandim. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir kishi kelib: «Yo
Rasululloh, Ja'farning xotinlari yig'lashayotir»,- deb aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam ularni yig'idan to'xtatmakni buyurib, odam yubordilar. U kishi qaytib kelib: «Ular
menga itoat qilishmayotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi marta
xotinlarni yig'idan to'xtatmakni buyurdilar. Boyagi kishi ketdi, keyin yana qaytib kelib:
«Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ular menga bo'yinsunmayotirlar»,- dedi. Men
bo'lsam: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u.kishiga: «Yig'layotgan xotinlarning
og'ziga tufroq sochg'il!»-dedilar, deb o'ylab, «Olloh burningni yerga ishqagur! Yo
buyruqni bajarmading va yo Rasulullohni ovora qilmakdan to'xtamading!» - dedim».
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Boshimizga musibat tushganda dod
solib yig'lamaslikka Rasululloh sallalohu alayhi va sallamga bay'at qildik (qasam ichdik).
Lekin, quyidagi beshta ayoldan boshqasi o'z ontiga vafo qilmadi: Ummu Sulaym, Umm
ul-Alo, Muozning xotini - Binti Abu Sabra va yana ikki xotin» (yoki «Binti Abu Sabra,
Muozning; xotini va boshqa xotinlar»,- dedilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |