Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tilamchilarni poklikka da'vat qilmoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
148-bob. Tilamchilarni poklikka da'vat qilmoq
Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir to'da ansoriylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sadaqa so'rashdi, ul kishi berdilar, so'ng tag'in so'rashdi, tag'in berdilar, hatto oldilaridagi narsalar tugadi. Shunda Janob Rasululloh: «Mening oldimda nimaiki yaxshi narsa bo'lsa, sizlardan ayamasmen, kimki haromdan hazar qilsa, Olloh taolo ham uni haromdan asrag'aydir, kimki boylik tilasa, Olloh taolo unga boylik ato qilgaydir, kimki sabr-toqat qilsa, Olloh taolo unga sabr-toqat berg'aydir. Olloh taolo bandasiga in'om etadirgan ne'matlar ichida sabr-toqatdan ko'ra afzalroq ne'mat bo'lmasa kerak!» -dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh" sallallohu alaihi va sallam: «Jonu tanim qo'lida bo'lgan Olloh taologa qasam ichib ayturmenkim, birovning oldiga borib (u hali sadaqa beradirmi, yo'qmi?), tilamchilik qilganingizdan ko'ra, o'tin terib, arqon birlan orqalab, tirikchilik qilganingiz ma'quldir!» - dedilar». Zubayr ibn Avvom aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qo'lingizga arqon olib, bir bog' o'tin teryb, so'ng uni yelkangizga orqalab, olib borib sotsangiz-u, Olloh taolo bu birlan sizni (tilamchilik) xijolatidan qutqarib qolsa, siz uchun bu - so'rasangiz yo beradirgan, yo bermaydirgan kishining oldiga borib sadaqa tilaganingizdan ko'ra, afzaldir!» - deganlar». Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sadaqa so'radim, berdilar, so'ng yana so'radim, yana berdilar, tag'in so'radim, tag'in berdilar. Keyin menga: «Ey Hakim, bu mol-dunyo degan narsa hayvonning ko'ziga yaxshi ko'rinadirgan ko'm-ko'k, shirin o't-o'lan singari odamning ko'zini o'ynatg'aydir, kimki undan ochko'zlik qilmay ehtiyojiga yarasha olsa, Olloh taolo unga baraka ato etg'aydir, kimki nafsi g'oliblik qilib, besh qo'lini og'ziga tiqsa, uning biri ikki bo'lmag'aydir, undoq odam qancha yesa ham hech to'ymaydirgan mechkayga o'xshaydir, ko'tarilgan qo'l (mehnatga bo'yin yor bergan qo'l) tushirilgan qo'ldan (sadaqaga uzatilgan qo'ldan) afzaldir!» - dedilar. Shunda mrn: «Yo Rasululloh, sizni haqlig' uzra payg'ambar qilib yuborgan ul zoti oliy nomiga qasam ichib ayturmenkim, siz o'tganingizdan keyin ham to u dunyoga rihlat qilgunimcha, birovdan bir narsa olmag'aydirman!» - dedim ». Abu Bakr raziyallohu anhu Hakimni chaqirib, hadya bersalar, u olmas erdi. Bir kuni Umar raziyallohu anhu ham uni chaqirib, nimadir bermoqchi bo'lgan erdilar, olmadi. Shunda Hazrat Umar: «Ey musulmonlar jamoasi, sizlar guvoh bo'lingiz, men Hakimga: «Mana bu o'ljadan o'z ulushingni olg'il!»-desam, olmayotir»,- dedilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Hakim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vofot qilganlaridan keyin ham to o'lgunicha, hech kimdan hech narsa olmadi. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling