Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tahorat uchun o'zi bilan birga suv olib yurish


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

16-bob. Tahorat uchun o'zi bilan birga suv olib yurish.
Abudardo aytadilar:"Alqaqma ibn Qays iroqliklardan:"Sizning orangizda Janob Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallamning mahsilarini, tahorat suvlarini, yostiqchalarini ko'tarib 
yuradigan zoti sharif bormilar? "-deb so'raganida, Abdulloh ibn Mas'ud:"Nega mening 
o'zimdan so'raysizlar?"-degan ekanlar".
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qazoi hojatga chiqsalar, men va ansoriy bir bola 
orqalaridan idishda suv olib ergashib borar edik",deb aytgandi Anas:,-deydilar Ato ibn 
Maymuna.
17-bob. Tahorat paytida anza (temir uchli hassa) , va idishda suv hozirlab 
turmoq
Anas aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirar edilar, so'ng 
men bilan bir bola idishda suv va anzalarini (hassalarini) hozirlab turardik. Suv bilan 
Rasululloh mustahab qilar edilar»,— deganlar.
18-bob. O'ng qo'l bilan tahorat qilishdan qaytarish
Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyati: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar 
birortangiz idishdan suv ichsangiz, ichiga puflamangiz. Agar hojatxonaga kirsangiz, 
olatingizni o'ng qo'l bilan ushlamangiz va o'ng qo'l bilan artmangiz!»—degan ekanlar».
19-bob. Olatni o'ng qo'l bilan ushlab tahorat ushatilmaydi
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otasidan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 
«Birortangiz kichik hojatga boradigan bo'lsangiz, o'ng qo'l bilan olatni ushlamangiz va 
o'ng qo'l bilan artmangiz, suv ichayotgan idishga puflamangiz!» — degan ekanlar».
20-bob. Tosh va kesak bilan poklanmoq
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sallalloqu alayhi va sallam hojatga 
chiqqanlarida ergashdim. U yoq-bu yoqqa qaramay borar edilar. U kishiga yaqin 
borganimda, «Menga tosh keltir, istinjo (poklanish) qilaman»,— dedilar yoki shunga


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
o'xshash bir gap aytdilar. Keyin: «Suyakyoki tezak olib kelmagin!» —dedilar. 
Kiyimimning etagida tosh terib keldim. Yonlariga to'kib, u kishidan o'girilib turdim, qazoi 
hojatdan keyin toshlar bilan istinjo qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling