Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
MUHSAR (QAMALDA QOLGAN KISHI) VA OVDAN TEGADIRGAN ULUSH HAQIDA
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-bob. Umra qilguvchi qamalda qolsa...
MUHSAR (QAMALDA QOLGAN KISHI) VA OVDAN TEGADIRGAN ULUSH HAQIDA
HAMDA OLLOH TAOLONING «AGAR QAMALDA QOLSANGIZ, QURBONLIK QILMOG INGIZGA NEChUK JONLIQ NASIB BO'LSA, O'SHANI ZABH YETMAGUNINGIZCHA SOCHINGIZNI OLDIRMANGIZ!» DEGAN KALOMI SHARI FI XUSUSIDA 21-bob. Umra qilg'uvchi qamalda qolsa... Nofi' rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu fitna sodir bo'lgan yili (ya'ni, Hajjoj Makkani qamal qilgan yili) umra qilmoq niyatida Makkaga keldilar-da, «Agar Ka'baga meni qo'ymasalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ilgari qandoq qilgan ersak, shundoq qilg'aydirman»,-dedilar. Keyin, umraga talbiya aytdilar, chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Hudaybiya yili umraga talbiya aytgandilar». Nofi' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ubaydulloh ibn Abdulloh va Solim ibn Abdulloh ikkalalari, Ibn Zubayr tasarrufidagi yerlarga (Hajjoj) qo'shini kelib tushgan kecha, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuga: «Bu yil siz haj qilmasangiz, hech narsa qilmag'aydir, (dushmanlar) sizni Ka'baga qo'yishmag'aydir, degan xavfdamiz»,- deb aytishdi. Shunda ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hajga chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari bizni Ka'baga qo'yishmagan erdi, o'shanda Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonliqlarini so'yib, keyin sochlarini oldirgan erdilar. Sizlarning guvohligingizda umra qilmoqqa ahd etdim, xudo xohlasa, yo'lga chiqqaydirman. Bordi- yu, yo'limni to'sishmasa, Ka'bani tavof aylag'aymen, basharti to'sishsa, unda Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari nima qilgan bo'lsak, shuni qilg'aydirmen»,- dedilar. Keyin, Zulhulayfadan boshlab talbiya aytgancha bir oz yurdilar-da, «Ikkalasining (haj va umraning) amallari birxildir, men sizlarning guvohligingizda bir yo'la haj birlan umra qilmoqqa ahd etdim»,- deb aytdilar. So'ng, ul kishi haj birlan umrani ado etib, jonliq larini so'ymagunlaricha ehromlarini yechmadilar. Ul kishi doim: «Makkaga kirilgan kuni Ka'bani bir marotaba tavof aylamay, ehrom yechilmag'aydir», - der erdilar». Ibn Umar raziyallohu anhuning o'g'illaridan biri (Abdulloh, Ubaydulloh yoki Solim) Nofi'ga: «Fitna vaqtida hajga bormay, Madinada turib tursangiz, yaxshi erdi»,- deb aytgan ekanlar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «(Dushmanlar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy haj aylamoqlariga to'sqinlik qildilar. Shunda, Janob Rasululloh sochlarini oldirib, ayollariga yaqinlik qildilar, qurbonlik qildilar. Umrani ersa, kelasi yili ado etdilar»,- dedilar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling