Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
Ibn Buhayna raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Lahyu Jamal degan
yerda ehrom kiyg'an hollarida boshlarining o'rtasidan qon oldirdilar»,- deydilar. .
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo'la turib,
Maymunaga uylandilar»,- deydilar.
12-bob. Ehrom bog'lagan erkak va ayolga qanday xushbo'y narsalarni
ishlatmoq man' qilinadir?
Oisha raziyallohu anho: «Vars (xushbo'y modda) yoki za'faron
tekkan kiyimni ehrom
bog'lagan ayol kiymag'aydir»,- deb aytganlar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh,
ehromdalig' kezimizda bizga qanday kiyim kiymoqni buyurasiz?»-deb so'radi.
Nabiy
sallallohu alayhi va sallam: «Ko'ylak va ishton, salla va burnus kiymangiz,
kimning hajga
munosib oyoq kiyimi bo'lmasa, mahsisining qo'njini to'piqdan pastroq qilib kesib
tashlasin, za'faron va vars tekkan kiyimni ham kiymangiz. Ehrom bog'lagan
ayol yuzini
butunlay berkitib olmasin hamda qo'llariga qo'lqop kiymasin!» - dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir ehrom bog'lagan kishi tuyadan yiqilib,
bo'yni sinib, o'ldi. Janob Rasululloh uni olib kelmoqni buyurdilar-da: «Yuvib,
kafanlangizlar, biroq boshini o'rab qo'ymangizlar, xushbo'y
narsalar ham sepmangizlar,
chunkim u talbiya aytib tirilg'aydir»,- dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: