Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ehrom kiyganlar ov hayvonini ko'rib, kulib qo'yishsayu, ehrom kiymagan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

2-bob. Ehrom kiyganlar ov hayvonini ko'rib, kulib qo'yishsayu, ehrom kiymagan 
odam buni bilib qolsa...
Abdulloh ibn Abu Qatodaga otalari Abu Qatoda quyidagi hadisni rivoyat qilgan erkanlar: 
«Hudaybiya yili Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo'lga chiqdik. Ul kishining 
sahobalari ehrom bog'lashdi, men bog'lamadim. G'iyqa degan yerda dushman 
to'planayotganini xabar qilishdi. Biz o'shal tomonga jo'nadik. Yo'lda sheriklarim bir 
qulonni ko'rib qolishib, bir-birlariga qarab kula boshladilar. Men otimni chopdirib borib
unga nayza sanchdim. Keyin, sheriklarimdan ko'tarishib ketmoqqa yordam so'ragan


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
erdim, ko'nishmadi. Shul boisdan o'shal yerda qolib, uning go'shtidan yedik. Biz Janob 
Rasulullohdan ajralib qolmoqdan qo'rqdik. Men otimni goh chopdirib, goh yo'rg'alatib 
ketdim. Tunda Baniy G'ifor qabilasiga mansub bir kishini uchratib qolib, unga: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni qay yerda qoldirding?» - dedim. Ul:
«Ta'hinda»,- deb aytdi. Keyin, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetib olib: 
«Yo Rasululloh, sahobalaringiz sizga salom yo'llab, Ollohning rahmatini tilab qoldilar
ular dushman yo'llarini to'sib, sizdan ajralib qolmoqdan xavfdalar, yetib olishguncha 
kutub turingiz!» - dedim. Keyin yana: «Yo Rasululloh, biz qulon ovlagan erdik, 
go'shtidan olib kelganmiz»,- deb aytdim. Janob Rasuluyaloh sahobalarga, ular ehromda 
bo'lishlariga qaramay, «Olingiz, yengizlar!»-dedilar».
3-bob. Ehromdagi kishi ehromsiz kishiga ovni o'ldirmoqda yordam bermaydir
Abu Muhammad raziyallohu anhu Abu Qatodaning: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga Madinadan uch qo'nim naridagi Qoha degan yerda bo'ldik» -deganini 
zshitgandim»,- deydilar.
Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga Qohada bo'ldik, oramizda ehrom bog'laganlar ham, bog'lamaganlar ham bor erdi. 
Ittifoqo, sheriklarimning nimanidir kuzatishayotganini payqab qoldim, qarasam, bir 
qulon turibdir. Shul payt, qamchinim tushib ketgan erdi, ular: «Biz ehromdadirmiz, 
senga yordamimiz tegmag'aydir»,- deyishdi. Men ot ustida turib bir amallab 
qamchinimni oldim-da, tepalik orqasiga o'tib, qulonni o'ldirdim. Keyin, uni sheriklarim 
oldiga sudrab olib keldim. Shunda, ulardan ba'zilar: «Yengizlar!»-deyishsa, ba'zilari: 
«Yemangizlar!» - deyishdi. Buni eshitgach, men Janob Rasulullohning oldilariga borib: 
«Ne qilaylik?» - dedim. Ul kishi: «Yeyaveringizlar, haloidir (ruxsatdir)!» - dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling