Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Izor topmasa, ishton kiysin!


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet421/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

15-bob. Izor topmasa, ishton kiysin!
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Arafotda hammaga 
mashhur bo'lgan nutqlarini so'zlayotib, «Kim izor topmasa, ishton kiysin va kim oyoq 
kiyim topmasa, mahsi kiysin!» - deb aytdilar», - deydilar.
16-bob. Ehrom bog'lagan kishining qurol taqishi haqida
Ibn Abbosning ozod qilingan qullari Ikrima: «Ehrom bog'lagan kishi dushmandan xavf 
tortsa, fid'ya (jarima) to'lab, qurol taqaverg'aydir», - deydilar. Lekin, bu xususda Ikrima 
aytgan rivoyatdan boshqasi yo'q.
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zulqa'da 
oyida umraga ehrom bog'ladilar. Lekin, Makka ahli ul kishini (qurol birlan Makkaga 
qo'ymadi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan Makka ahli o'rtasida «Qilichi 
qiniga solingan musulmonlargina Makkaga kiritilg'aydir» degan shartnoma tuzildi».
17-bob. Makkaga ehromsiz kirmoq haqida
Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga ehromsiz kirganlar. Nabiy sallallohu alayhi va 
sallam haj va umraga niyag qilgan kishilargagina ehrom bog'lamoqni buyurdilar, lekin 
o'tin terib kelib sotguvchilar yokim boshqa yo'llar birlan tirikchilik qilguvchilarga buni 
eslatmadilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
Zulhulayfani Madina ahliga, Qarnni Najd ahliga va Yalamlamni Yaman ahliga miyqot 
(talbiya aytish joyi) qilib belgilab berdilar. Yuqoridagi miyqotlar ularga ham, boshqa 
joylardan haj va umraga kelguvchilarga ham tayin qilindi. Makkaga yaqin yerlarda 
yashovchilar, o'sha o'zlari yashaydirgan joyda, Makka ahli ersa, Makkada talbiya 
aytadirgan bo'ldi».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
fath yili boshlariga dubulg'a kiygan hollarida Makkaga kirdilar. Boshlaridan dubulg'ani 
yechganlarida, bir kishi kelib: «Ibn Xatil Ka'ba jildiga osilib, tortayotir»,- dedi. Janob 
Rasululloh: «O'ldiringiz!» - dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling