Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ayollarning haj qilmog'i haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
25-bob. Ayollarning haj qilmog'i haqida
Ibrohim ibn Abdurrahmon ibn Avfning bobolari rivoyat qiladirlar: «Xalifa Umar raziyallohu anhu so'nggi bor haj qilgan yillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollariga haj qilmoqqa ruxsat berdilar (bu paytda Janob Rasululloh marhum erdilar). Shunda, Usmon ibn Affon va Abdurrahmon ibn Avfni ularga hamroh qilib yubordilar». Oisha onamiz Oisha binti Talhaga quyidagi hadisni aytib bergan zrkanlar: «Bir kuni men: «Yo Rasululloh, biz (ayollar) siz (erkaklar) birlan birga chiqib, bir g'azot qilmaylikmi?»- dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, eng yaxshi jihod ezgu niyatda qilingan hajdir!» - deb javob berdilar. Men Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamdan shu so'zni eshitganimdan buyon hajni sira kanda qilmasman». Ibn Abbosning mavlosi Abu Ma'bud rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ayol yonida mahrami bo'lmasa, safarga chiqmasin va yonida mahrami bo'lmagan ayol oldiga nomahram kirmasin!»-dedilar. Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh, men falon qo'shin birlan birga g'azotga ketmoqchiman, ayolim hajga borgisi kelsa, ne qilg'aydir?»- dedi. Janob Rasululloh: «Ayoling birlan haj qilg'il!»- dedilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan qaytib keldilar-da, Ummu Sinonga: «Haj qilmog'ingga ne mone'lik qilur?» - dedilar. Ummu Sinon: «Falonchining otasi (ya'ni, «erim» demoqchi) ikki tuyadan birini hajga minib ketdi, ikkinchisi ersa, yerimizni sug'orayotir»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyida umra qilmoq mening yonimda haj qilmoq birlan barobardir»,- dedilar». Ziyodning mavlosi Qaz'a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhuning Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o'n ikki g'azotda qatnashganlarini o'zlaridan eshitdim. Abu Sa'id: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan to'rt hikmat eshitgandirman, ulardan biri - yonida eri yoki mahrami bo'lmagan ayol ikki kunlik yo'lga (ya'ni, bir kunlik yo'ldan ortiq yo'lga) chiqmag'aydir, ikkinchisi - ikki kun: Ramazon va Qurbon hayitlarida ro'za tutilmag'aydir, uchinchisi-ikki namozdan so'ng, ya'ni asrdan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy keyin, Quyosh botguncha va bomdoddan keyin, Quyosh chiqquncha namoz o'qilmag'aydir, to'rtinchisi :- uchta masjidgagina, Masjid ul-Harom, mening masjidim (Masjid un-Nabiy) va Masjid ul-Aqsoga tuya yetaklab kelinmag'aydir ». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling