Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Iymon Madinada to'planadir
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Madinaning qorgonlari haqida
- 9-bob. Madinaga Dajjol kirmaydir
6-bob. Iymon Madinada to'planadir
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «lion o'z inida kulcha bo'lib yashirinib olgani singari iymon ham bora-bora Madinada to'plang'aydir»,- dedilar». 7-bob. Madina ahliga yomonlik istaganlarning gunohi Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Madina ahliga yomonlik istagan odam, tuz suvda eriganidek erib ketg'aydir»,- deganlarini eshitganman»,- deydilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 8-bob. Madinaning qo'rg'onlari haqida Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina qo'rg'onlaridan biriga chiqib, balanddan pastga qaradilar-da: «Bilurmisiz, nelarni ko'rmakdamen? Men xonadonlaringiz o'rtasida bo'lajak fitnalarni shaffof suv tomchisi ostidagi narsani ko'rgandek aniq ko'rib turibdirmen»,- dedilar. 9-bob. Madinaga Dajjol kirmaydir Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Dajjol Madinaga xavf sololmag'aydir, o'shal kuni Madinaning yetti qopqasidan har birini ikkitadan farishta qo'riqlab turg'aydir»,- dedilar». Nu'aym ibn Abdulloh Mujmir Abu Hurayra raziyallohu anhudan eshitib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madinaga kiraverishda farishtalar mavjud bo'lib, unga vabo ham, Dajjol ham boshini suqolmag'aydir»,-dedilar». Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talha raziyallohu anhu Anas ibn Molik raziyallohu anhudan eshitib rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Madinadan bo'lak Dajjol bosib olmagan birorta ham shahar qolmag'aydir, Madinaga olib boradirgan barcha yo'llarni farishtalar saf-saf bo'lib himoya qilib turgaydirlar. Keyin, Madina uch marotaba silking'aydir, Olloh uning aholisi orasidagi barcha kofir va munofiqlarni itqitib tashlag'aydir»,- dedilar». Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga Dajjol xususida ancha gaplarni aytib berdilar. Xususan, bunday dedilar: «Dajjol Madinaga kirolmag'aydir, chunkim ul Madinaga olib boradirgan yo'llarga qadam qo'ymoq imkonidan mahrum bo'lib, shahar tashqarisidagi tuzloq yerga kelib tushg'aydir. O'shal kuni shaharning eng fozil kishisi Dajjolga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'z hadislarida aytgan o'shal Dajjol erkanlig'ingni ko'rib turibdirman»,- deydir. Dajjol: «Aytg'il-chi, agar mana bul kishini o'ldirib, keyin qayta tiriltirsam, mening ishim haq erkanlig'iga shubha qilmasmisizlar?»-deydir. Odamlar: «Yo'q»,- deyishg'aydir. Dajjol o'zi ko'rsatgan kishini o'ldirib, keyin qayta tiriltirg'aydir, Shunda qayta tirilgan odam: «Xudo haqqi, men sening to'g'ringdagi so'zlarga endi ishondim»,- der. Dajjol boyagi (fozil) kishini ham o'ldirmoqchi bo'lur, ammo harchand urinmasin, baribir o'ldira olmag'aydir». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling