Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Iymon Madinada to'planadir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet427/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

6-bob. Iymon Madinada to'planadir
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«lion o'z inida kulcha bo'lib yashirinib olgani singari iymon ham bora-bora Madinada 
to'plang'aydir»,- dedilar».
7-bob. Madina ahliga yomonlik istaganlarning gunohi
Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Madina
ahliga yomonlik istagan odam, tuz suvda eriganidek erib ketg'aydir»,- deganlarini
eshitganman»,- deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
8-bob. Madinaning qo'rg'onlari haqida
Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina 
qo'rg'onlaridan biriga chiqib, balanddan pastga qaradilar-da: «Bilurmisiz, nelarni 
ko'rmakdamen? Men xonadonlaringiz o'rtasida bo'lajak fitnalarni shaffof suv tomchisi 
ostidagi narsani ko'rgandek aniq ko'rib turibdirmen»,- dedilar.
9-bob. Madinaga Dajjol kirmaydir
Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Dajjol 
Madinaga xavf sololmag'aydir, o'shal kuni Madinaning yetti qopqasidan har birini 
ikkitadan farishta qo'riqlab turg'aydir»,- dedilar».
Nu'aym ibn Abdulloh Mujmir Abu Hurayra raziyallohu anhudan eshitib rivoyat qiladirlar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madinaga kiraverishda farishtalar mavjud 
bo'lib, unga vabo ham, Dajjol ham boshini suqolmag'aydir»,-dedilar».
Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talha raziyallohu anhu Anas ibn Molik raziyallohu anhudan 
eshitib rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Madinadan bo'lak Dajjol 
bosib olmagan birorta ham shahar qolmag'aydir, Madinaga olib boradirgan barcha 
yo'llarni farishtalar saf-saf bo'lib himoya qilib turgaydirlar. Keyin, Madina uch marotaba 
silking'aydir, Olloh uning aholisi orasidagi barcha kofir va munofiqlarni itqitib 
tashlag'aydir»,- dedilar».
Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam bizga Dajjol xususida ancha gaplarni aytib berdilar. Xususan, bunday dedilar: 
«Dajjol Madinaga kirolmag'aydir, chunkim ul Madinaga olib boradirgan yo'llarga qadam 
qo'ymoq imkonidan mahrum bo'lib, shahar tashqarisidagi tuzloq yerga kelib tushg'aydir. 
O'shal kuni shaharning eng fozil kishisi Dajjolga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
o'z hadislarida aytgan o'shal Dajjol erkanlig'ingni ko'rib turibdirman»,- deydir. Dajjol: 
«Aytg'il-chi, agar mana bul kishini o'ldirib, keyin qayta tiriltirsam, mening ishim haq 
erkanlig'iga shubha qilmasmisizlar?»-deydir. Odamlar: «Yo'q»,- deyishg'aydir. Dajjol o'zi 
ko'rsatgan kishini o'ldirib, keyin qayta tiriltirg'aydir, Shunda qayta tirilgan odam: «Xudo 
haqqi, men sening to'g'ringdagi so'zlarga endi ishondim»,- der. Dajjol boyagi (fozil) 
kishini ham o'ldirmoqchi bo'lur, ammo harchand urinmasin, baribir o'ldira olmag'aydir».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling