Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Makkada urush qilmoq man' qiling'aydir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

9-bob. Makkada urush qilmoq man' qiling'aydir
Abu Shurayh raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Makkada qon to'kmoq 
mumkin ermas, deb aytganlar»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Макка fath qilingan kuni Nabiy sallallohu 
alayhi va sallam: «Endi hech hijrat qilinmag'aydir, ammo jihod aylab, maqsadga 
erishmoq kerakdir. Agar jihodga da'vat etilg'aydirsiz, darhol boringiz! Bul shaharni Olloh 
taolo yeru-ko'kni yaratgan vaqtdan to qiyomatgacha muqaddas qilgandir. Mendan 
oldingilarga ham, mendan keyingilarga ham bul yerda urush qilmoq man' etilgandir. 
Menga faqat kunduzi bir soatgina jang qilmoqqa ijozat berildi. Olloh taoloning ta'qiqiga 
binoan, bul yerda jang qilmoq qiyomatga qadar man' qilingandir. Bul yerning o't-o'lanlari 
ham yulinmasin, hayvonoti hurkitilmasin, birovlar yo'qotgan narsalar egasiga ma'lum 
qilmoqdan bo'lak maqsadda olinmasin!» - deb aytdilar. Shunda men: «Yo Rasululloh
izxirdan kasb-hunar ahli hamda aholi foydalang'aydir»,- degan erdim, ul kishi: «Izxirdan 
boshqasini yulmangizlar!» - dedilar».
10-bob. Ehromdagi kishining qon oldirmog'i haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehrom bog'lagan
hollarida qon oldirdilar»,- deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Ibn Buhayna raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Lahyu Jamal degan 
yerda ehrom kiyg'an hollarida boshlarining o'rtasidan qon oldirdilar»,- deydilar. .
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo'la turib, 
Maymunaga uylandilar»,- deydilar.
12-bob. Ehrom bog'lagan erkak va ayolga qanday xushbo'y narsalarni 
ishlatmoq man' qilinadir?
Oisha raziyallohu anho: «Vars (xushbo'y modda) yoki za'faron tekkan kiyimni ehrom 
bog'lagan ayol kiymag'aydir»,- deb aytganlar.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, 
ehromdalig' kezimizda bizga qanday kiyim kiymoqni buyurasiz?»-deb so'radi. Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam: «Ko'ylak va ishton, salla va burnus kiymangiz, kimning hajga 
munosib oyoq kiyimi bo'lmasa, mahsisining qo'njini to'piqdan pastroq qilib kesib 
tashlasin, za'faron va vars tekkan kiyimni ham kiymangiz. Ehrom bog'lagan ayol yuzini 
butunlay berkitib olmasin hamda qo'llariga qo'lqop kiymasin!» - dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir ehrom bog'lagan kishi tuyadan yiqilib, 
bo'yni sinib, o'ldi. Janob Rasululloh uni olib kelmoqni buyurdilar-da: «Yuvib, 
kafanlangizlar, biroq boshini o'rab qo'ymangizlar, xushbo'y narsalar ham sepmangizlar
chunkim u talbiya aytib tirilg'aydir»,- dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling