6-bob. Ehromdagi odam qanday jonliqlarni o'ldirishi mumkin?
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ehrom
bog'lagan kishi besh xil jonliqni o'ldirsa, gunoh bo'lmag'aydir»,— deb aytganlar»,—
deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollaridan
biri: «Ehrom bog'lagan kishi o'ldirmog'i mumkin»,— deb aytgandar»,— deydilar.
Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«(Ehrom bog'lagan kishi) besh toifa jonliqni — qarg'a, kalxat, sichqon, chayon va
qopag'on itni o'ldirsa, gunoh bo'lmag'aydir»,— deb aytgan erkanlar.
Oisha raziyallohu anho aytadilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Besh tur
hayvon — qarg'a, kalxat, chayon, sichqon va tishlang'ich it zararkunanda bo'lib, ularni
ehrom bog'lagan kishi o'ldirsa, gunohkor bo'lmag'aydir»,— degan erkanlar.
Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu bunday deb naql qiladirlar: «Biz Nabiy sallalloxu
alayhi va sallam birlan Minodagi g'orda turganimizda ul kishiga «Va-I-Mursalot» surasi
nozil bo'lib, uni tilovat qilmoqqa kirishdilar, men ersam, ul zotning muborak og'izlaridan
mazkur sura so'zlari chiqishi bilanoq, darhol yod ola boshladim. Ittifoqo, bir ilon bizga
tashlandi, Janob Rasululloh: «Uni o'ldiringizlar!» — dedilar. Hammamiz ilonga
tashlangan bo'lsakda, u qochmoqqa ulgurdi. Shunda ul kishi: «Sizlar ilonning
yomonlig'idan qutulib qolganingizdek, ul ham sizning yomonlig'ingizdan qutulib qoldi»,-
dedilar».
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari Oisha onamiz rivoyat qiladirlar:
«Janob Rasululloh kaltakesakni ko'rsatib, bu jirkanch maxluq, dedilar, lekin uni
o'ldirmakni buyurganlarini eshitmaganman». «Bundan, kaltakesakni o'ldirmoq mumkin
ermas, degan xulosa kelib chiqmaydir, chunkim ular (sahobalar) ilonni o'ldirmakni
gunoh, :deb hisoblashmadi-ku!» - deydilar Abu Abdulloh.
Do'stlaringiz bilan baham: |