Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Fidya uchun bir qo'y qurbonlik qilinadir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

28-bob. Fidya uchun bir qo'y qurbonlik qilinadir
Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Ka'b ibn Ujraning boshidan yuziga bit o'rmalab turganini ko'rib: «Seni bit bezovta 
qilayotirmi?»-dedilar. Ka'b: «На»,- dedi. Janob Rasululloh unga sochini oldirmoqni 
buyurdilar. Shunda ular Hudaybiyada turishgan bo'lib, ehromlarini shu yerda yechish- 
echmasliklari aniq emas erdi, chunki ular Makkaga kirmoq niyatida erdilar. Shu payt,


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Olloh taolo fidya haqidagi oyati karimasini nozil qildi. Mazkur oyatga binoan, Janob 
Rasululloh olti miskinni bir farq taom birlan to'ydirmoqni yokim bir qo'y qurbon qilmoqni 
yohud uch kun ro'za tutmoqni buyurdilar».
29-bob. Olloh taoloning «... shaloq so'z... (aytilmagaydir)» degan kalomi 
sharifi xususida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Ka'baga haj qilgan kishi shaloq so'z aytmay, buzuqlik qilmay, onasidan tug'ilgandek 
pok bo'lib qaytsin!» - dedilar».
30-bob. Olloh taoloning «Hajda buzuqlik ham, janjal ham bo'lmasin!» degan 
kalomi sharifi xususida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Baytullohga haj qilgan kishi shalq so'zlamay, buzuqlik qilmay, onasi tuqqan kundagidek 
pok bo'lib qaytsin!» - dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI 
1-bob. Haj vaqtidagi ov va shu kabilar jariymasi haqida
Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Ehromdalig' kezingizda hayvonlarni ov qilib, 
o'ldirmangiz, qaysi biringizkim qasddan o'ldirg'aydirsiz, o'ldirilgan hayyunga yarasha 
jariyma to'lag'aydirsiz. Bunda, oralaringizdan ikki adolatlig' kishi tayin etilib, ular sizga 
Ka'baga munosib qurbonlik aylamog'ingizni yokim oltita miskinga kafforat uchun taom 
bermog'ingizni yohud qilgan yomonlig'ingizning jazosini tortmog'ingiz uchun ro'za 
tutmog'ingizni hukm qilg'aydir. Olloh o'tgan gunohlarni kechirg'aydir, ammo kimki qayta 
gunoh qilg'aydir, Olloh undan o'ch olg'aydir, Olloh o'ch olmoqqa qodirdir! Ul sizlarga va 
musofirlarga dengiz hayvonlarini ov qilmoqqa va ularning go'shtlarini iste'mol 
aylamoqqa ruxsat etdi. Ammo, ul sizlarga ehromdalig' kezingizda quruqlikdagi 
hayvonlarni ov qilmoqni man' aylag'andir. Bir kuni o'zlaringiz dargohida to'planadirgan 
Ollohdan qo'rqingiz!
Ibn Abbos va Anas raziyallohu anhumo: «Ehromdagi odam ov hayvonlaridan tashqari 
bo'lgan tuya, qo'y, mol, ot va tovuq kabi jonliqlarni so'ysa, gunohi yo'qdir»,- deyishadir.
Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Otam (Abu Qatoda) Hudaybiya yili yo'lga 
tushdilar. Sheriklari ehrom bog'lashdi-yu, ul kishi ehrom bog'lamadilar. Ittifoqo, Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamga dushman bosib kelayotganini xabar qilishdi. Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam qo'zg'oldilar. «Men bir necha o'rtoqlarim birlan turgan erdim
ular o'zaro kula boshlashdi,- deydilar otam,-qarasam, bir qulon turibdir, darhol unga 
nayza sanchdim, Ko'tarishib yuboringiz, olib ketaylik! desam, ular bosh tortishdi. Keyin, 
biz qolib, uning go'shtidan yedik. Boshqa sheriklarimiz ketib bo'lishgan erdi, biz ulardan 
ajralib qolmoqdan qo'rqdik. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamga yetib olmoq uchun 
otimni bir chopdirib, bir yo'rg'alatib ketdim. Kechasi men Baniy Rifor qabilasiga mansub 
bir kishini uchratib qolib, unga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni qaerda qoldirib 
kelmakdasen?» - dedim. Ul kishi: «Ta'hinda qoldirdim»,- dedi. Men ul aytgan yerga 
yetib borib, «Yo Rasululloh, ahli ayolingiz sizga salom aytib yubordilar, ular sizdan ajralib 
qolmoqdan qo'rqmakdalar, ularni kutib turingiz, yetib olishsin!» -dedim. Keyin yana: «Yo 
Rasululloh, bir qulonni otib oldim, men uning go'shtidan olib olganman»,- deb aytdim. 
Janob Rasululloh qavmlariga, ular ehromda bo'lishlariga qaramay, «Olingiz, yengizlar!» - 
dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling