Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Haj vaqtida bo'ladirgan to'sqinliklar haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-bob. Tosqinlikka uchraganda soch oldirmasdan burun qurbonlik qilmoq haqida
- 24-bob. Hajda tosqinlikka uchragan kishiga qayta (osha yili) haj qilmoq lozim ermas
22-bob. Haj vaqtida bo'ladirgan to'sqinliklar haqida
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Mobodo, birortangiz haj vaqtida (dushman) to'sqinligiga duch kelsangiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari sizlarga kifoya qilmag'aydirmi (ya'ni, Janob Rasululloh shundoq to'sqinlikka duch kelganlarida qilgan amallarini ado etsangiz, kifoya qilmag'aydirmi)? Janob Rasululloh hajda to'sqinlikka duch kelganlarida Ka'ba hamda Safo va Marvani tavof aylab, ehromlarini yechganlar-da, shu birlan hajni tugatganlar. Keyin, kelasi yili haj qilib, jonliq so'yganlar. Jonliq topmasalar, o'rniga ro'za tutganlar»,- dedilar. 23-bob. To'sqinlikka uchraganda soch oldirmasdan burun qurbonlik qilmoq haqida Misvar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam soch oldirmoqdan burun jonliq so'ydilar va sahobalarga ham shunday qilmoqni buyurdilar»,- deydilar. Nofi' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh va Solim otalari Abdulloh ibn Umar raziyalloxu anhuga: «Bu yil hajga bormasangiz, yaxshi bo'lar erdi, dushmanlar to'sqinlik qilmasa, deb qo'rqg'aymiz»,- deyishganda, ul kishi: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga umra qilmoq niyatida chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari Ka'ba yo'lini to'sib, bizni o'tkazishmagan erdi. Shunda, Janob Rasululloh tuyalarini so'yib, so'ng sochlarini oldirgan erdilar»,- deb aytdilar». 24-bob. Hajda to'sqinlikka uchragan kishiga qayta (o'sha yili) haj qilmoq lozim ermas Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hajini dunyoviy lazzat birlan buzgan odamgina qayta haj qilmog'i lozimdir, ammo biror uzrli sabab birlan haji chala qolgan bo'lsa, qayta haj qilmag'aydir. Agar hajda to'sqinlikka duch kelgan kishining jonlig'i bo'lsa-yu, uni biror kishi orqali qurbonlik qilinadirgan joyga berib yubormoq imkoni bo'lmasa, o'zi zabh qilg'aydir. Bordi-yu berib yubormoq imkoni bo'lsa, jonliq o'sha yerga olib borib so'yilmaguncha, ehromini yechmay turg'aydir». Imom Molik va boshqalar bunday deyishadir: «Hajda to'sqinlikka uchragan kishi qaerda turgan bo'lsa, o'sha yerda jonlig'ini so'yib, sochini oldiraverg'aydir, buning uchun qayta haj qilib o'tirmag'aydir, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ul kishining sahobalari Hudaybiyada to'sqinlikka duch kelishganda, o'sha turgan yerlarida jonliq la rini so'yib, sochlarini oldiraverganlar. Ular Ka'bani tavof aylamay, jonliqlari qurbonlik qilinadirgan joyga olib borilmay turib, barcha haj ta'qiqlaridan xalos bo'lishdi. O'shanda, Janob Rasulullohning sahobalardan birortasiga (ham) qayta haj qilmoqni buyurganliklari to'g'risida hech narsa deyilmagan. Hudaybiya haramdan (muqaddas joydan) tashqaridadir». Nofi' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu (Hajjoj) fitna qilgan yili Makkaga umra aylamoqqa kelganlarida, «Basharti, dushmanlar yo'limni Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy to'sib, Ka'baga o'tkazishmasa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari nima qilgan bo'lsak, shuni qilg'aydirman»,— dedilar-da, umraga talbiya aytdilar. Chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya yili umraga talbiya aytgan erdilar. Ibn Umar bir oz mulohaza qilib turib: «Haj va umraning udumlari bir xil bo'lgach»,— dedilar-da, hamsuhbatlariga qarab, «Men sizlarning guvohligingizda bir yo'la haj va umra qilmoqqa ahd etdim»,— deb qo'shib qo'ydilar. Keyin, ul kishi Ka'bani bir marta tavof aylab, «Shu kifoya qilg'aydir»,— deb jonliqlarini zabh etdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling