Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Haj, umra yoki g'azotdan qaytganda nima deyiladir?


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

12-bob. Haj, umra yoki g'azotdan qaytganda nima deyiladir?
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam, g'azot yokim haj yohud umradan qaytayotganlarida har bir tepalikda to'xtab, 
uch marotabadan takbir aytar erdilar, so'ng: «Ollohdan o'zga iloh yo'qdir, ul yakka-yu 
yagonadir, uning sherigi yo'qdir, jamiki narsalar uning mulkidir, unga hamdu sanolar 
bo'lsin! Ul hamma narsaga qodirdir! Biz (kufrdan) qaytayotirmiz, tavba qilayotirmiz
rabbimizga ibodat va sajdalar aylayotirmiz, hamdu sanolar aytayotirmiz. Olloh va'dasiga 
sodiqdir, ul bandalarining qo'lini baland qilib, jamiki dushmanlarini yakka o'zi tor-mor 
ayladi»,-der erdilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
13-bob. Kelayotgan hojilarni kutib olmoq
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga 
kelganlarida Baniy Abdulmutallibga mansub bolalar qarshilariga yugurib chiqishdi. 
Rasululloh bolalardan birini oldilariga, ikkinchisini orqalariga mingashtirib oldilar».
14-bob. Hajdan erta tongda qaytmoq haqida
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Makkaga safar qilsalar, yo'lda «Shajara» masjidida namoz o'qib o'tar erdilar. Makkadan 
qaytishda ersa, Zulhulayfa vodiysida namoz o'qib, tong yorishguncha o'shal yerda qolur 
erdilar».
15-bob. Hajdan shomda qaytmoq haqida
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uylariga 
bevaqt eshik taqillatib kelmas erdilar. Bordi-yu, hajdan kech qaytsalar, xuftondan oldin 
yokim tong chog'i uylariga kirar erdilar».
16-bob. Madinaga kech qaytsa, eshik taqillatib uydagilarni bezovta qilmaslik 
haqida
Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan kechasi qaytsalar, 
eshik taqillatib, ahli ayollarini bezovta qilmas erdilar»,- deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling