Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ramazon oyida qilinadirgan umraning fazilati to'g'risida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Hasba kechasi va boshqa vaqtlarda qilinadirgan umralar haqida
- 6-bob. Tanim umrasi haqida
4-bob. Ramazon oyida qilinadirgan umraning fazilati to'g'risida
Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ansoriya ayolga (Ibn Abbos uning ismini aytgan erdi, lekin men yodimdan chiqaribman): «Biz birlan birga haj qilmog'ingga ne mone'lik ayladi?» - deb aytdilar, deganini eshitdim. Shunda ayol: «Bizning sog'in tuyamiz bor erdi, uni erim birlan o'g'lim va o'gay o'g'lim minib ketdilar, bizga ersa, sutini ichib turmog'imiz uchun boshqa bir sog'in tuyani qoldirib ketishdi»,- debdi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyida umra qilg'il, chunkim Ramazon oyidagi umra haj aylagan birlan barobar savobga egadir!» - debdirlar». 5-bob. Hasba kechasi va boshqa vaqtlarda qilinadirgan umralar haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhijja oyi arafasida yo'lga chiqdik. Ul kishi bizga: «Haj qilmoqchi bo'lganlar ham, umra qilmoqchi bo'lganlar ham ehrom bog'lasinlar, agar men jonliq keltirmaganimda erdi, umraga ehrom bog'lagan bo'lar erdim»,- dedilar. Shundan so'ng, ba'zilarimiz hajga, ba'zilarimiz umraga ehrom bog'ladik, men umraga ehrom bog'laganlar orasida erdim. Shunda men hayz ko'rib qoldim. Bui haqda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga ma'lum qildim. Janob Rasululloh: «Umrani qo'ya turg'il, sochingni yozib, g'usl aylab olg'il-da, hajga talbiya aytg'il!» - dedilar. Keyin, Hasba kechasi meni ukam Abdurrahmon birlan birga Tan'imga yubordilar, men qazo bo'lgan umrani ado etib, qaytdim». 6-bob. Tan'im umrasi haqida Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu xabar berishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishiga Oishani tuyaga mindirib, Tan'im umrasiga olib bormoqni amr qilganlar. Sufyon ibn Uyayna bu hadisni Amrdan bir marotabagina eshitganlarini aytdilar. Ato rivoyat qiladirlar: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ashoblari birlan hajga niyat aylab, ehrom kiydilar. O'shanda Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Talhadan bo'lak hech kimda jonliq yo'q erdi. Ali raziyallohu anhu ersa, Yamandan jonliq olib kelgan erdilar. Ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nimaga niyat aylab, ehrom bog'lagan bo'lsalar, men ham o'shanga ehrom bog'ladim»,- dedilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonlig'i yo'q ashoblariga umraga niyat aylab, Ka'bani tavof etmakni, so'ng sochlarini qisqartirib, ehromdan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy chiqmoqni amr qildilar. Ittifoqo, Oisha hayz ko'rib qolib, Ka'bani tavof qilmakdan bo'lak barcha haj udumlarini ado etdilar. Ul kishi poklanganlaridan keyingina Ka'bani tavof aylab: «Yo Rasululloh, sizlar haj va umra qilib qaytmakdasizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. Shunda Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrga Oisha birlan birga Tan'imga bormakni buyurdilar. Oisha onamiz Zulhijja oyida hajdan keyin umra qildilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling