Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Umrada nima qilinsa, hajda ham shu qilinadir
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
10-bob. Umrada nima qilinsa, hajda ham shu qilinadir
Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ji'ronada erkanliklarida jubba kiygan, o'ziga xushbo'y narsa sepib olgan bir odam kelib: «Umrani qay tariqa ado aylamakni amr etg'aydirsiz?» - deb so'radi. Shul payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelib qolib, kiyimlari birlan boshlarini burkab oldilar. Men payg'ambarimizning vahiy kelgan holatlarini ko'rgim keldi. Umar mendagi bu istakni sezib: «Bu yoqqa kelg'il, men payg'ambarimizning vahiy kelgan holatlarini ko'rmoshngga yordam berg'ayman»,-dedilar-da, payg'ambarimiz yopinib olgan kiyimlarining bir tarafini ko'tardilar. Qarasam, ul kishi bo'taloqdek pishillab nafas olayotgan erkanlar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o'zlariga kelib: «Umra xususinda so'ragan odam qani?» - deb so'radilar va unga: «Ustingdagi jubbani yechg'il-da, yaxshilab yuvinib, hajda neki qilsang, umrada ham shuni qilg'il!»-dedilar». Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bolalik chog'imda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari - Oisha onamizga: «Olloh taoloning «Safo va Marva(ni tavof aylamak) Ollohning udumlaridandir, kimki Ka'bani tavof aylab, haj qilg'aydir, yokim umra qilg'aydir-u, keyin Safo va Marvani tavofi sa'y etg'aydir, gunoh bo'lmag'aydir» degan oyati karimasi xususida ne dersiz? Nazarimda, Safo va Marvani tavof aylamagan kishi gunohkor bo'lmasa kerak?»-dedim. Oisha onamiz bunday dedilar: «Mutlaqo undoq ermas, agar sen aytganingcha bo'lganda, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim gunohkor bo'lmas erdi. Biroq, bul oyat Manot degan butga sig'ingan ansorlar haqida nozil bo'lgandir. Ansorlar Safo va Marva oralig'ida tavof qilmakka botinishmas erdi (gunoh bo'ladir, deb o'ylashar erdi). Ular Islom davri kelib, musulmon bo'lganlaridan keyin, Janob Rasulullohdan shul xususda so'radilar. Shunda Olloh taolo ul kishiga: «Safo va Marva(ni tavof aylamak) Olloh udumlaridandir, kimki Ka'bani tavof aylab haj qilg'aydir yokim umra qilg'aydir-u, keyin Safo va Marvani tavofi sa'y qilg'aydir, gunoh bo'lmag'aydir» degan oyati karimasini nozil qildi». Hishom ibn Urva: «Oisha onamiz: «Marva va Safoni tavof aylamagan odamning haj va umrasini Olloh qabul qilmag'aydir» deb aytganlar»,- deydilar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling