Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Makkadan qaytishda Zu Tuvanga tushib o'tgan kishi haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

148-bob. Makkadan qaytishda Zu Tuvanga tushib o'tgan kishi haqida
Nofi' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga 
kelaetganlarida Zu Tuvanda qo'nib, tong otgach, shaharga kirar erdilar, bu haqda u 
kishidan so'rashganda «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham shundoq qilar erdilar»,- 
deb javob berganlar».
149-bob. Haj mavsumida johiliya bozorlarida savdo-sotiq qilmoq haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zulmajoz va Ukoz johiliya davridagi 
odamlar savdo-sotiq qiladirgan joy erdi. Islom davri kelgach, musulmonlar Olloh 
taoloning «Ollohdan fazlu karam tilamoq sizlar uchun gunoh ermas» degan oyati 
karimasi nozil bo'lgunga qadar, u yerlarda savdo-sotiq qilmoqni istamadilar».
150-bob. Tun oxirlab qolganda Muhassabdan yo'lga chiqish haqida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Muhassabdan yo'lga chiqadirgan kecha 
Safiyya hayz ko'rib qoldi. Shunda u: «Men sizlarni yo'ldan qoldiradirganga o'xshayman» 
,— dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sen bizlarni yo'ldan qoldiradirgan bo'lding, 
Nahr kuni tavof qilmaganmi erding?» - dedilar. Safiyya: «Ha, tavof qilgan erdim»,- dedi. 
Janob Rasululloh: «Undoq bo'lsa, yuraverg'il!»- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan 
birgaliqda hajga chiqdik. Makkaga kelganimizda bizga ehromlarimizni yechmakni 
buyurdilar. Yo'lga chiqadigan kecha Safiyya hayz ko'rib qolib: «Sizlarning oyog'ingizga 
tushov bo'lmasam erdi!» - dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Oyog'imizga tushov 
bo'lding, Nahr kuni tavofi ifoza qilganmi erding?»-dedilar. Safiyya: «На»,- dedi. «Unda, 
yuraverg'il!» - dedilar Janob Rasululloh. «Yo Rasululloh,- dedim men,- Makkaga 
kelganimda umra qilmagan erdim». «Undoq bo'lsa, Tan'imga borib, umra qilg'il!» - 
dedilar Janob Rasululloh. Men ukam birlan birga umra qilgani ketdim. Umra qilib 
kelayotganimizda Janob Rasululloh birlan yo'lda uchrashib qoldik, ul kishi: «Sizlar birlan 
falon joyda uchrashg'aydirmiz»,- dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling