Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Har tosh otganda takbir aytmoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

138-bob. Har tosh otganda takbir aytmoq haqida
A'mash rivoyat qiladirlar: «Men Hajjojning minbarda turib va'z aytganini eshitdim, 
o'shanda «Baqara», «ON Imron» va «Niso» suralari haqida zikr qilgandi. Bu haqda 
Ibrohim raziyallohu anhuga aytgandim, ul kishi menga bunday dedilar: «Abdurrahmon 
ibn Yazid o'zining Mas'ud raziyallohu anhu birlan birga Jamrat ul-Aqabada bo'lganini 
menga aytgan erdi. O'shanda Ibn Mas'ud vodiyning o'rtasidagi daraxt yoniga borib
yettita tosh otibdilar, har tosh otganlarida takbir aytibdirlar, keyin: «Yakka-yu yagona 
Ollohga qasam ichurmenkim, «Baqara» surasi nozil bo'lganda Janob Rasululloh xuddi 
mana shu yerda turgan erdilar»,-debdilar».
139-bob. Jamrat ul-Aqabani ado etib bo'lgach, to'xtab turmaslik haqida
Ibn Umar raziyallohu anhu Jamrat ul-Aqabani ado etib bo'lgach, to'xtab turmaslik 
kerakligini Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bilib olgan ekanlar.
140-bob. Ikki jamrada tosh otgach, tekislikka tushib, qiblaga yuzlanmoq 
haqida
Ibn Umar raziyallohu anhu Jamrat ud-Dunyoda ketma-ket yettita tosh otar erdilar-da, 
tekislikka tushib, qiblaga yuzlangan holda, uzoq duo o'qir erdilar. So'ng, Jamrat ul- 
Vustoga borib tosh otardilar, keyin tekislikka tushib, yana qiblaga yuzlangan holda uzoq 
duo o'qirdilar. Shundan so'ng, vodiyning o'rtasiga kelib, Jamrat ul-Aqabada tosh 
otardilar-da, to'xtamay orqaga qaytardilar, keyin: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 
shunday qilganlarini ko'rganman»,- der erdilar.
141-bob. Ikki jamra oldida turib duo o'qimoq haqida
Zuhriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Mino masjidi yonida 
yettita tosh otar erdilar, har tosh otganlarida takbir aytar erdilar. So'ng, oldinga yurib 
(pastlikka tushar erdilar), qo'llarini ko'tarib uzoq duo o'qir erdilar. Shundan so'ng,


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
ikkinchi Jamraga (Jamrat ul-Vustoga) borib, yetti marta tosh otar erdilar, har tosh 
otganlarida takbir aytar erdilar. Keyin, vodiyga tushib, qiblaga yuzlangan holda qo'llarini 
ko'tarib, uzoq duo o'qir erdilar. So'ngra, Jamrat ul-Aqabaga borib, yettita tosh otar 
erdilar, har tosh otganda takbir aytar erdilar-da, to'xtamay orqaga qaytar erdilar».
Solim ibn Abdulloh ham shunga o'xshash hadisni otalaridan eshitgan ekanlar. Ul kishi 
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shul tariqa tosh otganlarini o'z ko'zlari birlan 
ko'rgan ekanlar. Ibn Umar ham shundoq qilar ekanlar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling