Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Nafr kuni Abtohda asr o'qimoq haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

145-bob. Nafr kuni Abtohda asr o'qimoq haqida
Abdulaziz ibn Rufay' rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molikdan: «Nabiy sallallohu alayhi va 
sallam xususlaridagi xotiralaringizdan so'zlab beringiz!» -deb iltimos qildim. «Tarviya 
kuni peshinni qay yerda o'qidilar?» -deb so'radim. Anas: «Minoda»,- dedilar. «Undoq 
bo'lsa, Nafr kuni asrni qaerda o'qidilar?» -dedim. «Abtohda»,- dedilar. So'ng: «Haj 
amirlari ne qilsalar, sen ham shundoq qilaverg'il!»-deb qo'shib qo'ydilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida gapirayotib: 
«Ul kishi peshin, asr, shorn va xufton o'qidilar, keyin Muhassabda uxladilar, so'ngra turib 
tuyaga mindilar-da, Ka'bani tavof qildilar»,- dedilar.
146-bob. Muhassab haqida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo'nib 
o'tadirgan manzil dam olmoqqa juda qulay erdi (ya'ni, Bathodagi joyni nazarda 
tutayotirlar)».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dam olmoq 
niyatidagina Muhassabga qo'yib o'tar erdilar»,- deydilar.
147-bob. Makkaga kirishdan avval Zu Tuvanda va Makkadan qaytishda 
Hulayfadagi Bathoda qo'nib o'tmoq haqida
Nofi' rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga kelsalar, Aqaba yo'lidagi Zu 
Tuvanda qo'nib o'tardilar, so'ng ikki tepalik oralig'idan o'tib, Makkaga kirardilar.
Makkaga haj yoki umra qilgani kelsalar, tuyalarini (faqat) Masjid ul-Harom eshigi oldida 
cho'ktirar erdilar-da, ichkariga kirib, qora rukn oldiga borib, tavof aylamakni o'shandan 
boshlar erdilar. Keyin, yetti marta: uch marta tez, to'rt marta oddiy yurish qilib tavof 
aylar erdilar. So'ngra, orqaga qaytib, ikki rak'at tavof namozi o'qib, dastlabki kelgan 
joylariga qaytmakdan oldin Safo va Marva orasini tavof qilar erdilar. Haj yoki umra qilib 
qaytishlarida Zulhulayfadagi Batho tekisligida, Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
tuyalarini cho'ktirib dam olib o'tadigan yerda ul kishi ham tuyalarini cho'ktirar erdilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Xolid ibn Haras rivoyat qiladirlar: «Ubaydullohdan Muhassab haqida so'rashdi, shunda u 
kishi: «Rasululloh, Umar va Ibn Umar o'sha yerda (Muhassabda) dam olib o'tishgan deb, 
Nofi'dan eshitganman»,- dedilar».
Xolid ibn Haras: «Nofi' menga: «Ibn Umar o'sha yerda, ya'ni Muhassabda peshin va asr 
(menimcha, shomni ham, degandi shekilli) o'qir erdi»,- degandi. Men Ibn Umarning 
o'sha yerda xuftonni o'qib, keyin bir oz mizg'ib olganiga shubha qilmasman, chunki 
Janob Rasululloh ham o'sha yerda shunday qilar erdilar»,- deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling