Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Madinaga yaqin qolganda tuyasini tezlashtirgan kishi xususida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

17-bob. Madinaga yaqin qolganda tuyasini tezlashtirgan kishi xususida
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safardan 
qaytayotganlarida uzoqdan Madina daraxtlari ko'rinishi bilanoq tuyalarini tezlashtirar 
erdilar»,- deydilar. Abu Abdulloh Anas raziyallohu anhu rivoyatiga qo'shimcha qilib: . «Ul 
kishi birlan birga, Madinani yaxshi ko'rgan kishilar ham ulovlarini tezlashtirishar erdi»,- 
deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaning devorlari 
ko'rinishi bilanoq tuyalarini tezlashtirar erdilar»,- deb ham aytganlar.
18-bob. Olloh taoloning «Uylarga eshik orqali kiringiz!» degan kalomi sharifi 
haqida
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bu oyat bizning haqimizda nozil bo'lgan erdi. 
Chunkim bir paytlar ansorlar hajdan qaytishda uylariga eshik qolib, tomdan oshib 
tushishar erdi. Bir kuni ansorlardan biri uyiga eshik orqali kirdi-da, bu birlan qolganlar 
ustidan o'zicha kulgan bo'ldi. Shunda Olloh taoloning «Savob, uylarga tomdan oshib 
tushishda ermas, balki Ollohdan taqvo qilishdadir, uylarga eshikdan kiringiz!» - degan 
oyati kariymasi nozil bo'ldi».
19-bob. Safar azobning bir parchasidir! (safar azobi - go'r azobi)
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Safar azobning bir


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
parchasidir (safar azobi - go'r azobi), biringiz taomsiz, biringiz suvsiz va yana biringiz 
uyqusiz qolg'aydirsiz. Safaringizni (hojatingizni) tugatiboq bola-chaqangiz oldiga 
shoshilingiz!» - deb aytganlar»,- deydilar.
20-bob. Musofir safarda qiynalib qolsa, uyiga qaytadir
Zaydning otalari Aslam rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar birlan birga Makkaga 
ketayotgan erdim. Abdullohga Safiyya binti Abu Ubaydaning qattiq betob bo'lib 
qolganlig'ini xabar qilishdi. Shunda, ul kishi ulovlarini tezlashtirdilar, Quyosh shafag'i 
g'oyib bo'lgach, bir joyda tushib, shorn birlan xuftonni qo'shib o'qidilar. So'ng: «Men 
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning yo'lda qiynalib qolganlarida shomni kechiktirib, 
xuftonga qo'shib o'qiganlarini ko'rganman»,-dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling