Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Umra qilgan odam qachon ehromini yechadir?
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
11-bob. Umra qilgan odam qachon ehromini yechadir?
Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sahobalariga haj o'rniga umra qilmakni hamda Ka'ba tavofidan so'ng, sochlarini qisqartirib, ehromlarini yechmakni buyurdilar». Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qildilar, biz ham birga umra qildik. Janob Rasululloh Makkaga kirib tavof aylaganlarida, biz ham ul kishi birlan birga tavof ayladik. Keyin, Safo va Marvaga keldilar, biz ham ul kishi birlan birga keldik. Biz ul kishini Makka ahlidan birortasi otib qo'ymasin deb, pana qilib yurdik». Ishoq ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Mening bir oshnam Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Janob Rasululloh Ka'baga kirdilarmi?» - deb so'rabdir. Shunda ul: «Yo'q»,- deb javob Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy beribdir. O'sha oshnam Abdulloh ibn Abu Avfoga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam zaifalari Xadicha xususinda ne deganlar, so'zlab bering!» - debdir. Abdulloh ibn Abu Avfo: «Janob Rasululloh, Xadichaga uning uchun jannatda shakarqamishdan qurylgan uy atab qo'yilganini va unda g'amu tashvish hamda mashaqqat yo'qlig'ini aytib, xursand qilingizlar, deganlar»,- debdir». Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Kimki, umra jarayonida Safo va Marvani tavof aylamay, faqat Ka'bani tavof etmak bilangina cheklansa, ayoliga yaqinlik qila olg'aydirmi?»- deb so'radik. Ul kishi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka'bani yetti marta tavof ayladilar, so'ng Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak'at tavof namozi o'qib, Safo va Marva orasida yetti marta sa'y qildilar»,- dedilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir» degan oyatni o'qidilar». Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan so'ragan erdik, ul kishi: «Safo va Marvani tavof aylamaguncha ayollaringizga yaqinlashmangiz!»- deb aytdilar». Abu Muso Ash'ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Bathoda erkanliklarida huzurlariga bordim, ul kishi tuyalarini cho'ktirib qo'ygan erkanlar. Meni ko'rib: «Haj qilib keldingmi?» - dedilar. Men: «На»,- dedim. «Nimaga (hajgami? umragami?) tahlil aytding?» - dedilar. «Janob nimaga tahlil aytgan bo'lsalar, men ham o'shanga tahlil aytdim»,- dedim. Ul kishi: «Yaxshi qilibdirsen, Ka'ba hamda Safo va Marvani tavof aylag'il-da, ehromingni yechg'il!» - dedilar. Aytganlarini qildim. Keyin, Qays qabilasiga mansub bir ayolning oldiga bordim, ul sochimni kalta qilib qo'ydi, so'ng ehromimni yechdim. Keyin, Hazrat Umarxalifa bo'lgunlariga qadar shul haqda fatvo berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo'lganlaridan so'ng, shul xususda aytgan erdim, ul kishi: «Agar Qur'onni olib o'qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob Rasulullohning sunnatlariga rioya qilmoq buyurilganligini anglag'aydirmiz, chunkim Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar»,- deb aytdilar». Abulasvad rivoyat qiladirlar: «Asmo binti Abu Bakrning mavlosi Abdulloh, Asmoning har safar Hajundan o'tayotib, «Olloh Muhammadni rahmat qilsin, biz ul kishi birlan mana shul yerga tushganmiz, o'shanda yukimiz yengil, tuyalarimiz va ozuqamiz oz erdi. Men, singlim Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar umra qilgan erdik. Ka'bani o'pib, silab tavof aylaganimizdan so'ng, hajga ehrom bog'lagan erdik» deganlarini eshitgan erkan». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling