Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ehromdagi odamning gusl qilmog'i qaqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet420/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

13-bob. Ehromdagi odamning gusl qilmog'i qaqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ehrom bog'lagan odam hammomga tushmog'i mumkin»,- 
deydilar. Ibn Umar va Oisha onamiz ehrom bog'lagan odamning hammomda ishqalab 
yuvinmog'i zararsizdir, deb hisoblashgan.
Ibrohim ibn Abdulloh ibn Hunayn raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn 
Abbos va Misvar ibn Maxrama Abvo' degan yerda o'zaro tortishib qoldilar. Abdulloh ibn 
Abbos: «Ehrom bog'lagan odam boshini yuvmog'i mumkin» ,— desalar, Misvar: «Ehrom 
bog'lagan odam boshini yuvmag'aydir» ,— deb aytdilar. Shunda, Abdulloh ibn Abbos 
meni Abu Ayyub al-Ansoriyning oldilariga yubordilar. Men Abu Ayyub raziyallohu 
anxuning quduq yonida o'zlarini kiyim birlan pana qilgan holda cho'milayotganlarini 
ko'rdim. Yaqin borib, salom berdim, Ul kishi: «Bui kimdir?» - dedilar. «Bu men, Abdulloh 
ibn Hunaynman. Meni Abdulloh ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
ehromdalig' kezlarida boshlarini qanday yuvar erkanlar, bilib kelg'il!» - deb sizning 
oldingizga yubordilar»,- dedim. Abu Ayyub pana qilib qo'yilgan kiyimni qo'llari birlan bir 
oz pasaytirdilar, shunda menga boshlari ko'rindi. Keyin, oldilaridagi suv quyib berib 
turgan kishiga: «Suv quyg'il!»- dedilar, u boshlaridan suv quydi. So'ng, ikki qo'llari 
birlan peshonalaridan ensalariga va ensalaridan peshonalariga mash tortdilar-da, «Men 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko'rdim»,-dedilar».
14-bob. Ehrom bog'lagan kishi mahsidan boshqa oyoq kiyimi topmasa...
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda xutba 
aytayotib, «Kim oyoq kiyim topmasa, mahsi kiysin va kim izor topmasa, ishton kiysin!
Bu ehrom bog'laganlarga taalluqlidir» - deb aytganlarini eshitdim»,- deydilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamdan: «Ehrom bog'lagan kishi qanday kiyimlar kiyg'aydir?»-deb so'rashdi. Janob 
Rasululloh: «Ko'ylak, salla, ishton, burnus hamda za'faron va vars tekkan kiyimlarni 
kiymagaydir. Agar oyoq kiyim topmasa, mahsining qo'njini to'piqdan pastroq qilib kesib 
tashlab kiyg'aydir»,- dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling