Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko'rgan hotin e'tikofda o'tirgan erini sochini tarashi mumkin


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet460/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

8-bob. Hayz ko'rgan hotin e'tikofda o'tirgan erini sochini tarashi mumkin.
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda e'tikofda o'tirgan 
kunlari muborak boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men hayz ko'rgan bo'lsam ham, 
sochlarini tarab qo'yardim»,- deydilar
9-bob. E'tikofda o'tirgan kishi uyiga juda zarur bo'lganda kiradir..
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjiddan chiqmay 
boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men sochlarini tarab qo'yardim. E'tikofda bo'lsalar, 
uyga hech kirmas erdilar, faqat zarur bo'lsagina kirar erdilar»,- deydilar.
10-bob. E'tikofda o'tirgan kishini yuvinmog'i haqida.
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayz ko'rgan bo'lsam ham 
meni quchoqlar erdilar. E'tikofda o'tirgan kunlari boshlarini darchadan chiqarar erdilar, 
men hayz ko'rgan bo'lsam ham yuvib qo'yardim»,- deydilar.
11-bob. Kechasi e'tikofda o'tirmoq haqida.
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar Nabiy sallallohu alayhi va 
sallamga: «Men johiliya davrida bir kecha Masjid ul-Haromda e'tikof qilurmen, deb niyat 
aylagan erdim» ,— dedilar. Janob Rasululloh: «Niyatingga vafo qilg'il!»-dedilar».
12-bob. Ayollarni e'tikofda o'tirmog'i haqida
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
Ramazonning oxirgi o'n kunligida e'tikofda o'tirar erdilar. Janob Rasululloh mening uchun 
masjid sahnida chodir tutib bergan erdilar, bomdoddan so'ng oldimga kirardilar. Janob 
Rasulullohning boshqa zaifalari - Hafsa mendan o'ziga chodir tutib olmoqqa ruxsat so'rab 
erdi, ruxsat berdim, chodir tutib oldi. Buni ko'rgan Zaynab binti Jahsh (Rasulullohning


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
xotinlaridan biri) ham o'ziga chodir qurib oldi. Ertasiga ertalab Janob Rasululloh 
chodirlarni ko'rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Xotinlaringizning chodiri»,- deyishdi. Nabiy 
sallallohu alayhi va sallam: «Ular yaxshi ish qilishibdir, deb o'ylaysizlarmi?»- dedilar. 
Shundan so'ng, Janob Rasululloh o'sha oydagi e'tikofni tark etdilar. Buning evaziga 
Shavvol oyida o'n kun e'tikof qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling