12-bob. Kishi xotini bilan bir marta aloqa qilib, keyin (g'usl qilmasdan) yana
aloqa qilishi yoki (hamma) xotinlarini aylanib chiqqach, bir marta g'usl qilishi
mumkinmi?
Ibrohim ibn Muhammadning otasi Oisha raziyallohu anhoga: «Ibn Umar xushbo'yliklar
sepib ehromga kirmakni yoqtirmas edi»,— dedi. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Alloh
taolo Abu Abdurrahmon ibn Umarni rahmat qilsin! Men Rasululloh sollallohu alayhi va
sallamga xushbo'yliklar separ edim, keyin xotinlarini (jimo' qilmak uchun) kirib chiqar
edilar, chiqqanlaridan so'ng, xushbo'y hid anqib turgan holda ehromga kirar edilar»,—
deganlar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kechasimi,
kunduzimi, bir vaqtning o'zida hamma xotinlarini aylanib chiqar edilar, vaholanki, ular
11 ta edi»,— debdilar. Shunda Qatoda Anasdan: «Bir vaqtning o'zida shunchaga kuchlari
yetarmidi?» — deb so'radilar. Anas: «Biz sahobalar, Rasulullohga 30 kishining quvvati
berilgan, deb so'zlab yurar edik»,— dedilar. «Anas bizga, Rasulullohning 9 ta xotinlari
bor, deb aytdi»,— deydilar Sa'id (demak 11 xotindan 2tasi cho'ri bo'lgan).
13-bob. Maziy (olat uchiga maniydan oldin keladigan nam) kelsa, tahorat
joizmi?
Ali raziyallohu anhudan: «Shahvatim ko'p odam edim, bu haqda Rasulullohdan so'ra,
deb bir kishiga buyurdim. Rasulullohning qizlari menga xotin bo'lgani uchun o'zim
so'rayolmadim. Rasululloh: «Oldingni yuvib, tahorat olgin!» — debdilar».
14 -bob. O'ziga xushbo'y narsalar sepib, keyin g'usl qilsa-yu, lekin badanida
hidi qolsa, joizmi?
Ibrohim ibn Muhammadning otasi Oisha raziyallohu anhodan bir masala xususida so'rab,
Ibn Umarning «Badanimdan xushbo'y hid anqib turgan holda ehromga kirmakni
yoqtirmayman» degan so'zlarini eslatdilar. «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga
xushbo'y narsalar surtdim, keyin xotinlarini aylanib chiqdilar, so'ng ehromga kirdilar»,—
dedilar Oisha.
Oisha raziyallohu anhodan: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ehromda
ekanliklarida peshonalarining yarqirab turganini ko'rgandek bo'lar edim» (ya'ni, badanga
surtilgan xushbo'y yog' yaltirab turgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |