Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Badanning hammasini yuvib bo'ldim, deb hisoblagandan keyin ham


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

15-bob. Badanning hammasini yuvib bo'ldim, deb hisoblagandan keyin ham 
soch orasiga panjani tiqib yuvmoq
Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
jimo'dan so'ng g'usl qilganlarida, avval qo'llarini yuvib, keyin namozga tahorat olgandek 
tahorat olar edilar. Shundan keyingina g'usl qilmoqqa kirishar edilar. Hatto hamma


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
yog'imni yuvib bo'ldim, deb o'ylaganlarida ham sochlarining orasiga panjalarini tiqib, 
ustidan 3 marta suv quyib yuvar edilar. So'ng badanlarining qolgan qismini yuvar edilar. 
Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz bir idishdan suv olib yuvinar 
edik».
16-bob. Bir kishi jimo'dan so'ng tahorat olsa, keyin qolgan a'zolarini yuvsa, 
tahoratda yuvgan joylarini qaytadan yuvmasa, joizmi?
Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga jimo'dan so'ng 
g'usl qilmoq uchun suv quydim. O'ng qo'llariga quyilgan suvni chapiga olib, 2 yoki 3 
marta mustahab qildilar. Keyin qo'llarini yerga yoki devorga ishqaladilar, 2 yoki 3 marta 
yuvib tashladilar, keyin og'iz va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, ikki bilaklarini 
tirsagigacha yuvdilar, so'ng boshlariga suv quydilar, keyin butun a'zolarini yuvdilar 
(avval tahorat qilgan a'zolaridan tashqari), so'ngra chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar. 
Sochiq olib keldim, xohlamadilar. Qo'llari bilan suvni sidira boshladilar».
17-bob. Agar kishi masjidda turgan vaqtda jimo'dan keyin yuvinmaganligi 
esiga tushib qolsa, shu ahvolda masjiddan chiqib ketadimm yoki tayammum 
qiladimi?
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Namozga takbir aytildi, saflar to'g'rilandi. Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam jamoat oldiga chiqdilar. Musallolariga (namozgohlariga) 
kelganlarida junub ekanlari eslariga tushib qoldi. Shunda bizga: «Joyingizda tura 
turingiz!»—deb qaytib kirib ketdilar. Bir ozdan so'ng sochlaridan suv tomganicha chiqib 
keldilar. Keyin takbiri tahrima aytdilar, biz u kishi bilan birga namoz o'qidik».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling