Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


boshlanmog‘ini kutib o‘tirgan kishi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

boshlanmog‘ini kutib o‘tirgan kishi 
Abdulloh ibn Mag‘fal al-Muzaniy rivoyatlari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har 
bir azon birlan takbir o‘rtasidagi vaqtda istagan kishi bir karra namoz o‘qib olsa 
bo‘lur»,— deb uch bor qaytarib aytdilar». 
Anas ibn Molik quyidagini aytib berdilar: «Muazzin azon aytsa, Rasululloh sallalloxu 
alayhi va sallamning sahobalari o‘rinlaridan turib, o‘zlari namoz o‘qiydirgan ustunlar 
qarshisiga shoshilishar erdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylaridan 
chiqqanlarida ular azon birlan takbir oralig‘ida o‘qiydirgan namozni o‘qiyotgan 
bo‘lishardi. Shom namozidan avval ular ham ikki rak’at namoz o‘qib olishardi. Azon 
birlan takbir o‘rtasidagi vaqt unchalik ko‘p bo‘lmas erdi». 
Imom Buxoriy: «Shom namozining azoni birlan takbiri orasinda hech qancha vaqt yo‘q 
erdi»,— deydilar. Imom Navaviy: «Shomning azoni birlan takbiri o‘rtasinda ikki rak’at 
namoz o‘qimak mustahabdir»,— deydilar. Imom Molik: «Shomda azon birlan takbir 
orasinda namoz o‘qimoq joizdir»,— deydilar. Hanafiylar ersa: «Shomning azoni birlan 
takbiri o‘rtasinda uch qadam yurgudek fursat bordir»,— deyishadi. 
15-bob. Takbir aytilmog‘ini kutib turgan kishi 
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin bomdod 
namoziga azon aytib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib, tong otgunicha yengilgina ikki rak’at 
namoz o‘qib olar erdilar, so‘ng muazzin takbir aytgunicha o‘ng tomonlarini bosib 
yonboshlar erdilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
16-bob. Xohlagan kishi har bir azon birlan takbir o‘rtasida namoz o‘qib olmog‘i 
mumkin 
Abdulloh ibn Mag‘fal bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir 
azon birlan takbir o‘rtasida namoz bordir, har biz azon birlan takbir o‘rtasinda namoz 
bordir. uchinchisi xohlagan kishiga»,— dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling