Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Agar namozxonlarning qiroati bir xil bo‘lsa, oralarida yoshi ulug‘i


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

49-bob. Agar namozxonlarning qiroati bir xil bo‘lsa, oralarida yoshi ulug‘i 
imomlik qiladir 
Molik ibn Huvayris naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga 
keldik. Hammamiz tengqur, yosh yigitlar erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning huzurlarida 20 kuncha turib qoldik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
juda mehribon erdilar, (yurtimizni sog‘inganimizni bilib): «Yurtingizga qaytsangiz, u 
yerdagilarga dinni o‘rgatingiz, falon vaqtda falon namozni, falon vaqtda falon namozni 
o‘qiydirsiz, deb ularga buyuringiz, namoz vaqti bo‘lganda biringiz azon aytingiz, 
orangizda kattangiz imomlikka o‘tsin!» — dedilar». 
50-bob. Imom biror qavmning ziyofatiga borsa, namoz vaqtida ularga imomlik 
qiladir 
Atbon ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uyimga taklif 
etgan erdim. Ul kishi kelib, kirishga ijozat so‘radilar. Keyin: «Uyingning qay yerida 
namoz o‘qib bermog‘imni istaydirsan?» — dedilar. Men bir joyni ko‘rsatdim. Ras ululloh 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
sallallohu alayhi va sallam namozga turdilar. Biz u kishiga iqtido qildik. Namozdan keyin 
salom berdilar. Biz ham salom berdik». 
51-bob. Imomga iqtido qilmoq kerak, ul shuning uchun imom qilingandir! 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, vafotlaridan oldingi betoblik paytlarida, o‘tirib 
imomlik qilar erdilar. Ibn Mas’ud: «Namozxon boshini imomdan avval ko‘tarsa, qaytarib 
tushirg‘aydir-da, imom boshini ikkinchi bor ko‘tarmaguncha kutib turg‘aydir, keyin 
imomga ergashg‘aydir»,— deganlar. Hasan Basriy: «Imom birlan birga ikki rak’at o‘qib, 
sajda etolmagan odam oxirgi rak’atda ikki marta sajda qilg‘aydir, keyin bir rak’atini 
qayta o‘qig‘aydir, sajda qilmoqni esdan chiqarib, o‘rnidan turib ketgan odam qayta o‘tirib 
sajda qilg‘aydir»,— deydilar. 
Ubaydulloh ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Oisha onamizning huzurlariga kirdim. 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning betob yotgan paytlari to‘g‘risida menga 
so‘zlab bersangiz!» — deb iltimos qildim. Oisha onamiz: «Mayli»,— deb hikoya qila 
ketdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘irlashib qolganlarida: «Odamlar 
namoz o‘qidilarmi?»—deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. «Tog‘oraga 
o‘tqazib, ustimdan suv quyingiz!» — dedilar. Biz aytganlarini qildik. O’rinlaridan tura 
boshlaganlarida hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgach: «Odamlar namoz 
o‘qidilarmi?»—dedilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. Janob Rasululloh: 
«Tog‘oraga o‘tqazib, ustimdan suv quyingiz!» —dedilar. Biz aytganlarini qildik. 
O’rinlaridan turmoqchi erdilar, yana hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgach: «Odamlar 
namoz o‘qidilarmi?» — dedilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. Masjidda odam 
liq to‘la. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xufton iamoziga chiqishlarini 
kutishmoqda. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga imomlik qilmakni 
buyurdilar. Bir kishi borib, Abu Bakrga: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
sizni jamoatga imomlik qilsin, deb buyurdilar»,— dedi. Abu Bakr ko‘ngli yumshoq odam 
erdilar. Shuning uchun ham Umarga: «Siz imomlik qilingiz!» — dedilar. Umar: «O’zingiz 
bunga mendan ko‘ra qaqliroqdirsiz!» — dedilar. Abu Bakr o‘sha kuni imomlik qildilar., 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarini bir oz yengil his etib, ikki kishining 
yordamida namozga chiqdilar, ulardan biri Abbos edi. Abu Bakr Janob Rasulullohni ko‘rib 
joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Orqangizga 
tisarilmangiz, joyingizdan jilmangiz!» — deb ishora qildilar. Keyin Abbosga: «Meni 
yonlariga o‘tqazingiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Abu Bakrning 
yoniga o‘tqazdilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirib namoz o‘qidilar. 
Abu Bakr tik turib Rasulullohga iqtido qildilar. Odamlar ersa Abu Bakrga iqtido qilishdi». 
Ubaydulloh raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abbos huzuriga 
kirib, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning betobliklari haqida Oisha onamiz 
menga aytib berganlarini sizga aytayinmi?» — dedim. «Aytg‘il!»— dedilar. Men aytdim. 
Biror so‘zimni inkor qilmadilar, lekin: «Ogam Abbos birlan birga bo‘lgan ikkinchi 
kishining nomini senga aytdilarmi?» — deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. «Ul Ali 
erdi!» — dedilar». 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob 
bo‘lganlaridan uyda o‘tirgan holda namoz o‘qidilar. Iqtido qilayotganlar ersa tik turib 
o‘qishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «o‘tiringiz!» deb ishora qildilar. 
Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling