Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Amallar niyat va ixlosga qarab qabul qilinishining bayoni


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

42-bob. Amallar niyat va ixlosga qarab qabul qilinishining bayoni. 
Har kimning niyatidagi bo’lgaydir. Imom Buhoriy aytadilar:”Bu so’zga iymon ham
tahorat ham, namoz ham, zakot ham, haj ham, muomalotmi, nikohmi,umuman barcha 
hukmlar kirur. Olloh taolo oyati karimasida:”Har bir kishi niyatiga va o’ziga yarasha 
amal qilg’aydir,degil!”,-degan.Kishining savod umid etib, o’z oila a’zolariga sarflagan 
nafaqasi ham sadaqadir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:”Makka fath qilingandan 
keyin hijrat(ko’chish) yo’q, lekin jihod qilib yoki yaxshi niyatda ko’chish mumkindir”,-
deganlar”. 
Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :”Amallar niyatga qarab qabul qilinur,kim 
qanday niyat qilg’aydir, shunga erishgusidir. Kimki Olloh va uning Rasuli uchun hijrat 
qilga ersa, Olloh va Rasul uchun ko’chganlik savobini olur. Kimki mol-dunyoga erishmoq 
yoki biror xotin olmoq niyatida hijrat qilgan ersa, o’sha niyatigagina erishmog’i 
mumkin(ammo savob bo’lmaydir)”. 
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :”Agar kishi savod umid etib, o’z oila a’zolariga mol 
sarflag’aydir, unga sadaqa qilgan savobi yozilur”,-deganlar. 
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar :”Olloh yo’lida sadaqa qilsang, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
albatta buning uchun Ollohdan ajr olursen, hatto xotiningning og’ziga solib qo’ygan bir 
luqma taoming uchun ham”. 
43-bob. Din nasihatdir. 
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :”Din Olloh va uning Rasuli, musulmonlarning 
imomlari va barcha musulmonlar yo’lida qilinadirgan nasihatdur”,-deganlar.”Agar Olloh 
va uning Rasulini deb nasihat qilg’aylar, yaxshilik hosil bo’lg’usidir”,-deyilgan oyatda. 
Jarir ibn Abdulloh aytadilar:”Besh vaqt namoz o’qurmen, zakot berurmen va har bir 
musulmonga yaxshilik qilg’aymen, deb Rasulullohga bay’at(qasam) qildim”. 
Ziyod ibn Abdulloh aytadilar:”Mug’ira ibn Shu’ba o’lgan kuni Jarir ibn Abdulloh o’rnidab 
turib hamdu sano aytdi, so’ng dedi:”Ollohning yolg’iz o’zidan qo’rqing, Ollohning sherigi 
yo’qdir. O’lgan amiringiz o’rniga yangi amir kelguncha, og’ir, bosiq bo’ling. Marhum 
amiringizning ham fuqarolarining xatosini kechirmog’iniyaxshi ko’rar erdi”. Keyin, Jarir 
so’zda davom etib dedi:”Men rasululloh huzurlariga kirib, sizga yaxshi musulmon 
bo’lishga bay’at(qasam) qilmoqchiman”,-dedim. Rasululloh menga:”Har bir 
musulmonning foydasiga ish tutg’aysen”,-deb shart qo’ydilar, men shunga bay’at qildim. 
Shu xonai Ka’ba egasiga qasamyod etib ayturmenkim, men barchangizning foydangizga 
ish tutg’aymen”. Jarir sozining oxirida istig’for aytib, minbardan tushdi. Olloh taolo nomi 
zikr qilingan hamma ulug’ zotlarni mag’firat aylasin!”.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling