Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Imom (namoz tugab, salom bergach) biror zarur narsani eslab
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 157-bob. Chap yokim o‘ng tomoni birlai namozxonlarga o‘girilib qaramoq
156-bob. Imom (namoz tugab, salom bergach) biror zarur narsani eslab
namozxonlarni tark etishi mumkinmi? Uqba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Madinada Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga namozda imomlik qildilar. Namoz tugab, salom berganlaridan so‘ng, odamlarni oralab o‘tib, xotinlaridan birining hujrasiga kirib ketdilar. Janob Rasulullohning shoshib turib ketganlari odamlarni xavotirga soldi. Bir ozdan keyin ul zot hujradan chiqib keldilar va shoshib turib ketganlarining boisini aytdilar: «Bizda bir oz tilla bor erdi, shu yodimga tushib qoldi. Fikrimni chalg‘itmasin, deb odamlarga ulashib bermoqni buyurdim». 157-bob. Chap yokim o‘ng tomoni birlai namozxonlarga o‘girilib qaramoq Anas raziyallohu anhu o‘ng tomonlari birlan ham, chap tomonlari birlan ham nomozxonlarga o‘girilib qarayverar erdilar. Faqat bir tomoni birlan o‘girilib qaraydiganlarni qoralar erdilar. Asvad raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud: «Hech qaysingiz o‘zingizcha, faqat o‘ng tomon birlan o‘girilmoq lozim, deb aytib, shaytonga Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 169 namozingizdan nasiba ulashmangiz! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning chap tomonlari birlan ham o‘girilganlarini ko‘p ko‘rganman»,— deydilar». 158-bob. Xom sarimsoq, xonaki va yovvoyi piyoz yeyish to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimki ochilikdanmi yokim boshqa sababdanmi, sarimsoq va xom piyoz yegan ersa, bizning masjidimizga kelmasin!» — deganlari to‘g‘risida Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar urushi ketayotgan kunlardan birida: «Kimki mana bu ko‘katdan, ya’ni sarimsoqdan yegan ersa, bizning namozgohimizga yaqinlashmasin!» — deb aytganlar». Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mana bu ko‘katdan yegan ersa (sarimsoqni ko‘rsatdilar), bizning masjidlarimizga kelmasin!»— deb aytganlar. Ato raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh xom sarimsoqni aytdilarmi yokim pishganinimi?»— deb mendan so‘radilar. «Nazarimda, faqatgina xomini aytdilar»,— deb javob berdim». Ato raziyallohu anhu Jobir ibn Abdullohdap eshitganlarini Ibn Shihobga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki sarimsoq yokim piyoz yegaydir, bizdan ham, masjidimizdan ham nariroq yursin, uyida o‘tirsin!» — deydilar. Bir payt Janob Rasulullohga ko‘katlardan tayyorlangan taom keltirildi. Unda qanaqadir hid borligini sezib, nimala.rdan tayyorlanganligini so‘radilar. Uning ichidagi bor ko‘katlarni birma-bir aytib berishdi. So‘ng, Janob Rasululloh sahobalarni ovqatga taklif qildilar, lekin ular ul kishining o‘zlari yemaganlari uchun tortinishdi. Shunda Rasululloh: «Sizlar yeyaveringiz, menga bo‘lmaydir, chunkim men farishtalar birlan so‘zlashurmen, ular bu hidni yomon ko‘rishg‘aydir»,— dedilar». Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sarimsoq to‘g‘risida ne deganlar?»—deb Anasdan so‘radi. Anas: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mana bu ko‘katni (sarimsoqni) yegaydir, bizga yaqinlashmasin va biz birlan birga namoz o‘qimasin!» deb aytganlar»,— dedi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling