Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Rasululloh sallalloqu alayhi va sallamning «Ilohi, bu yigitga Qur’oni


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

18-bob. Rasululloh sallalloqu alayhi va sallamning «Ilohi, bu yigitga Qur’oni 
Karimni yod olmoqni va uni (teran) tushunmoqni nasib aylagaysan!»—deb duo 
qilganlari 
Abdulloh ibn Abbos aytganlar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni 
quchoqlab turib: «Ilohi, bunga Qur’oni Karimni yod olmoqni va tushunmoqni muyassar 
aylagaysan!» —deb duo qildilar».
19-bob. Qay hollarda yosh bolaga tanbeh berish to‘g‘ri bo‘ladi? 
Abdulloh ibn Abbos aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Minoda (Makkada 
qurbonlik keltiriladigan joyda) namoz o‘qib turgan edilar, qibla tomon to‘sib qo‘yilmagan 
edi. Men balog‘atga yetay deb qolgan yigitcha edim. Bir urg‘ochi eshak minib, namoz 
o‘qiyotganlar oldidan o‘tdim, keyin eshakni o‘tlatgani qo‘yib yubordim-da, namoz 
o‘qidim. Shu qilmishim uchun hech kim menga tanbeh bermadi». 
Sahoba Mahmud ibn Rabi’ aytganlar: «5 yoshimda Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamning paqirdan bir xo‘plam suv olib, yuzimga purkab yuborganlarini eslayman».
20-bob. Ilm olmoq niyatida safar qilish 
Bu xususda Muso va Xizr alayhissalomlar qissasi Qur’oni Karimda bayon qilingan. 
21-bob. Ilm o‘rganmoq va ilm o‘rgatmoqning fazilati 
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam aytganlar: «Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga 
ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi 
yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni 
o‘stiradi. Ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh 
taolo bandalarini foydalantiradi: odamlar suvdan ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini 
sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
ko‘kartirmaydi. 
Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran 
o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi 
o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. 
Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, 
o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi 
kofirdir».

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling