Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. O’tirgan holda imo-ishora birlan namoz o‘qimoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

18-bob. O’tirgan holda imo-ishora birlan namoz o‘qimoq 
Imron raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 
o‘tirgan holda namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radim. Shunda bunday dedilar: «Kim tik turib 
o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qigandan afzaldir, kim o‘tirib o‘qig‘aydyr, unga tik turib o‘qiganning 
yarim savobi berilg‘aydir,.kim yonboshlab o‘qig‘aydir, unga o‘tirib o‘qiganning yarim 
savobi tekkusidir». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
19-bob. Agar kishi o‘tirib o‘qishga yaramasa, yonboshlab o‘qiydir. agar qiblaga 
o‘girilishga qodir bo‘lmasa, to‘g‘ri kelgan tomonga qarab o‘qiydir 
Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mening bavosir kasalim bor edi. 
Shul boisdan ham men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan betob odamning namoz 
o‘qimog‘i to‘g‘risida so‘radim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avvalo tik turib 
o‘qig‘il, agar bunga qodir bo‘lmasang, o‘tirib o‘qig‘il, unga ham qodir bo‘lmasang, 
yonboshlab o‘qig‘il!» - dedilar». 
20-bob. Agar o‘tirgan holda namoz o‘qiyotgan kishi namoz davomida sog‘ayib 
qolsa yokim o‘zini yengil his qilsa, namozini oxiriga yetkazadir, qaytarib 
o‘qimaydir 
Hasan Basriy: «Kasal odam, xohlasa, namozning ikki rak’atini tik turib keyingi ikki 
rak’atini ersa o‘tirib o‘qiydir»,- deydilar. 
Abdullohibn Yusuf rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning to keksaygunlaricha kechasi o‘tirgan holda namoz o‘qiganlarini sira ham 
ko‘rmagan erkanlar. Janob Rasululloh ruku’ qilmoqchi bo‘lsalar, avval o‘rinlaridan turib 
30 yokim 40 oyat o‘qib, keyin ruku’ qilar erdilar». 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirgan holda 
namoz o‘qib, qiroat qilar erdilar. Qiroat qilishga 30 yokim 40 oyat qolganda o‘rinlaridan 
turib qiroat qilar erdilar, so‘ng ruku’ qilar erdilar, keyin sajda qilar erdilar. Ikkinchi 
rak’atda ham aynan shundoq qilar erdilar. Namozni tugatgach, menga qarar erdilar
agar uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, uxlayotgan bo‘lsam, o‘zlari 
ham yonboshlar erdilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling