Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
www.ziyouz.com kutubxonasi
235 ÉΟó¡Î0 «!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$# ÉΟŠÏm§9$# NAMOZDA QILINADIRGAN HARAKATLAR TO’G’RISIDAGI BOBLAR 1-bob. Namozda (agar buyurilgan bo‘lsa) qo‘ldan foydalanish haqida Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Namozxon namoz o‘qiyotib o‘z tana a’zolaridan istagancha foydalanmog‘i mumkin. Masalan, Abu Ishoq namoz o‘qiyotib qo‘li birlan kulohini olib qo‘ydi, keyin yana kiyib oldi. Hazrat Ali raziyallohu anhu ersa, o‘ng kaftlarini chap qo‘llarining bo‘g‘ini ustiga qo‘yib, qo‘l bog‘lar erdilar, agar biror joylarini qashimoqchi yokim kiyimlarini tuzatib olmoqchi bo‘lsalar, qo‘l bog‘lamini yechib, qo‘llarini bemalol harakat qildiraverar erdilar». Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Maymuna xolamnikida yotib qoldim. Men yostiqning ensiz tomoniga, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va xolam ersa, enli tomoniga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechagacha yokim undan sal kamroq yokim ko‘proq vaqt uxladilar. Keyin, uyg‘onib, o‘rinlaridan turib o‘tirdilar-da, uyquni qochirmoq uchun qo‘llari birlan ko‘zlarini ishqadilar. So‘ng, Surai «Oli Imron»ning oxiridan o‘n oyat o‘qidilar. Keyin, o‘rinlaridan turib, devorga osig‘liq meshchani oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari tahorat oldim-da, yonlariga borib turdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llari birlan (o‘ng tomonimda turishing kerak erdi, degan ma’noda) o‘ng qulog‘imni ishqab qo‘ydilar (boshqa hadisda: «Qulog‘imdan ushlab, meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar»,— deyilgan). Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at, so‘ng ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at namoz o‘qidilar. So‘ng, vitr o‘qib bo‘lgach, muazzin kelib azon aytguncha yonboshladilar. Keyin, qisqagina qilib ikki rak’at namoz o‘qib oldilar. So‘ng, bomdod o‘qigani masjidga chiqib ketdilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling