Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz o‘qiyotgan bolani onasi chaqirib qolsa


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

7-bob. Namoz o‘qiyotgan bolani onasi chaqirib qolsa... 
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyidagi 
voqeani rivoyat qilib bergan erdilar»,- deydilar. «Bir bola o‘z hujrasida (namoz o‘qib) 
turgan erdi. Shu payt onasi: «Ey Jurayj»,- deb chaqirib qoldi. Bola (onasining ovozini 
eshitgach): «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, onam 
chaqirmoqdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,- deb ikkinchi marta 
chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, 
onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,-deb uchinchi 
marta chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin 
desam, onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» -dedi. Onasi: «Ilohi, Jurayj fohisha 
xotinlar yuziga nazari tushmay o‘lmasin!» -deb qarg‘adi. 
Jurayjning hujrasiga bir cho‘pon xotin kirib-chiqib yurar erdi. Bir kuni shu xotin tug‘ib 
qo‘ydi. Xotindan: «Bolani kimdan tug‘ding?»- deb so‘rashdi. Xotin: «Jurayjdan» ,— dedi. 
Buni eshitgan Jurayj hujrasidan chiqib kelib: «Bolani mendan tuqqanman, deyayotgan 
xotin qani? » - dedi, so‘ng bolaga qarab: «Ey go‘dak, otang kim? »- deb so‘radi. «Otam 
qo‘yboqar cho‘pon»,- dedi chaqaloq (Jurayj namozni onasidan ham ustun qo‘ygani 
uchun Olloh taolo unga ana shundoq karomat ato qildi)». 
8-bob. Namoz o‘qiyotib sajda qilinadirgan yerni mayda toshlardan tozalab 
tashlamoq 
Mu’ayyiqib raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
sajdaga bosh qo‘yiladirgan yerni mayda toshlardan tozalab tashlayotgan kishiga: 
«(Namoz davomida) bir marta shundoq qilmog‘ing mumkin»,-dedilar». 
9-bob. Sajdaga bosh qo‘yiladirgan yerga kiyimini yozib qo‘ymoq 
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga jazirama issiqda namoz o‘qiyotib, yerning nihoyatda qizib ketganligidan 
birortamiz ham sajdada peshonamizni yerga tekkizolmay qoldik. Shunda kiyimimizni 
sajdagohga yozib qo‘yib, o‘shaning ustiga sajda qildik». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling