Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tunda ilm (ta’lim) berish va va’z aytish xususida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 42-bob. Tunda ilmdan suhbatlashish
- 43-bob. Ilmni (xadisni) yod olish
41-bob. Tunda ilm (ta’lim) berish va va’z aytish xususida
Ummu Salamadan: «Kunlardan bir kuni kechasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uyg‘onib dedilar: «Subhonalloh, bu kecha qanchadan-qancha fitnalar nozil qildiykin va qanchadan-qancha rahmat xazinasi eshiklarini ochdiykin. Hujralarda uxlab yotganlarni (ibodatga) uyg‘otingiz, bu dunyoda kiyimlik — oxiratda yalang‘ochdir!»— dedilar». 42-bob. Tunda ilmdan suhbatlashish Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarida so‘nggi marta biz bilan xufton namozini o‘qidilar. Ikki taraflariga salom berganlaridan so‘ng, o‘rinlaridan turib: «Bilasizmi, bu kechani? Shu kechadan boshlab to‘liq 100 yil o‘tgach, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 29 yer yuzida (hozir tirik) kishilardan birontasi qolmaydi»,— dedilar». Ibn Abbosdan: «Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish xolam Maymunaning uylarida yotib qoldim. Rasululloh sollallohu alayx va sallamning ham xolamnikida bo‘ladigan kechalari ekan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz bilan xuftonni o‘qib bo‘lgach, uylariga kirib, to‘rt rak’at namoz o‘qidilar, keyin uyquga yotdilar, keyin turib: «Bola uxlab qoldimi?»—dedilar yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar. Keyin namoz o‘qishga turdilar, men chap yonlariga kelib turdim. Meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Avval 5 rak’at, keyin 2 rak’at namoz o‘qidilar, keyin mizg‘idilar, hatto men pishillaganlarini eshitdim. Keyin turib namozga chiqib ketdilar». 43-bob. Ilmni (xadisni) yod olish Al-A’raj bu xususda bunday deydilar: «Abu Hurayra hadisni ko‘p aytadi», deyishadi. «Agar Allohning Kitobi (Qur’on)da ikki oyat bo‘lmaganda edi, bitta ham hadis aytmas edim»,— degan edilar Abu Hurayra, keyin oyatning «Biz nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlar va hidoyatni yashirganlar»... degan joyidan to «ar-Rahim» degan so‘zigacha o‘qigandilar (mazkur oyatda ilmni berkitgan odamlarni Alloh taolo mazammat qiladi — qoralaydi). Muhojir birodarlarimiz bozorlarda bor-baraka qilish bilan ovora edi, ansoriy birodarlarimiz esa, o‘z xo‘jaliklaridagi ishlar bilan band edi. Abu Hurayra esa Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ortlaridan qolmas edi. Qornini bir to‘yg‘azib olib, ular (muhojirlar, ansoriylar) hozir bo‘lmagan joylarda Abu Hurayra hozir bo‘lar edi. Ular yodlamagan narsalarni (hadislarni) Abu Hurayra yodlar edi». Abu Hurayra bunday deganlar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, men sizdan ko‘p hadis tinglayman-u, ammo unutib qo‘yaman»,— dedim. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari bilan (suv hovuchlagandek) Allohning fayzu barakotidan (choponimga) hovuchlab soldilar, keyin: «Bag‘ringga bos!»— dedilar. Men bag‘rimga bosdim, shundan keyin hech narsani (hadisni) esimdan chiqarmaydigan bo‘ldim». Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «ikki idish» (narsa) yod oldim, bittasini sochdim (odamlarga aytdim), ammo ikkinchisini agar sochadigan bo‘lsam (aytsam), mana bu halqum kesiladi»,— dedilar (birinchisi hadislar edi, ikkinchisi esa, kelajakda bo‘ladigan fitnalar to‘g‘risidagi xabarlar edi). Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling