Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
www.ziyouz.com kutubxonasi
294 yaxshi ko‘rgan Bayruhomni Olloh taolo yo‘lida sadaqa qildim, bu mening Olloh taolo yo‘lida qilgan xayr-ehsonim bo‘lmog‘ini istaydirman. Siz uni Olloh taolo yo‘lida o‘zingiz bilganingizcha tasarruf qilaveringiz!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sening «Bu mulkim qandoq ajoyib, qandoq yaxshi!» deb maqtaganingni eshitgandirman, uni qarindoshlaringga bersang derman»,— dedilar. Abu Talha: «Xo‘b bo‘ladir, yo Rasululloh!» — dedi. Keyin, Abu Talha Bayruhoni o‘z qarindoshlariga taqsimlab berdi». Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallam Qurbon yoki Ramazon hayitida namozgohga chiqdilar, so‘ng odamlarga o‘girilib va’z aytdilar, «Ey odamlar, sadaqa qilingiz»,- deb amr qildilar. Keyin, ayollar yonidan o‘tayotib: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilingiz! Men sizlarni ko‘proq do‘zaxga tushguvchilardan deb bilg‘ayman»,- dedilar. Ayollar: «Yo Rasulalloh, buning boisi nedir?» - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ko‘p qarg‘ab, erlaringizning yaxshiligini inkor qilg‘aydirsizlar. Buni aqlingizning pastligi va e’tiqodingizning sustligidan deb bilurmen. Sizlar aqli-hushi joyida bo‘lgan erni ham aqldan ozdirg‘aydirsizlar (ya’ni, to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi, o‘z bilganingizni qildirg‘aydirsizlar)»,-dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh uylariga yo‘l oldilar, uylariga kelganlarida Abdulloh ibn Mar’udning xotinlari Zaynab kelib, kirmoqqa ijozat so‘radi. Janob Rasulullohga: «Zaynab keldi»,- deyishdi. Ul zot: «Qaysi Zaynab?» - dedilar. «Ibn Mas’udning xotini»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Ruxsat beringiz, kira qolsin!» - dedilar. Zaynab ichkariga kirib: «Yo Nabiyyalloh, bugun siz: «Sadaqa qilg‘il!» - deb buyurdingiz. Menda bir taqinchoq bor erdi, shuni sadaqa qilmoqchi erdim. Ammo, (erim) Ibn Mas’ud va o‘g‘li(m): «Boshqalardan ko‘ra, o‘zimiz sadaqa olmoqqa haqliroqdirmiz»-deyishmoqda»,-dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallamd: «Ibn Mas’ud to‘g‘ri aytibdir, ering va o‘g‘ling boshqalardan ko‘ra, sadaqa olmoqqa haqliroqdir», - deb aytdilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling