Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Makkaliklarning Batho va boshqa joyda turib, hojilarning esa, Minoga


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

82-bob. Makkaliklarning Batho va boshqa joyda turib, hojilarning esa, Minoga 
chiqqanida ehrom bog‘lamog‘i haqida 
Ato raziyallohu anhudan Makkaga yaqin joylarda yashaydirgan kishilarning hajga talbiya 
aytmoqlari to‘g‘risida so‘rashdi. Ul kishi: «Ibn Umar raziyallohu anhu Tarviya kuni tuya 
ustida turib namoz o‘qigach, talbiya aytar erdilar»,- dedilar. 
Abdumalik raziyallohu anhu Atodan, ul kishi ersa, Jobir raziyallohu anhudan eshitgan 
quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
Makkaga kelib, Tarviya kunigacha ehromlarimizni yechib qo‘ydik va Makkaga orqamizni 
qilib, hajga talbiya aytdik. Abu Zubayr: «Jobir menga, Bathoda turib ehrom bog‘ladik, 
degandi»,- deydilar. Ubayd ibn Jurayj Ibn Umar raziyallohu anhuga: «Men sizning, 
Makkada ekanligingizda, odamlar yangi oy chiqqanini ko‘rib, ehrom bog‘lasalar ham, 
Tarvyya kunigacha ehrom bog‘lamaganingizni ko‘rdim»,- dedilar». 
 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
331
83-bob. Tarviya kuni peshinni qaerda o‘qiydir? 
Abdulaziz ibn Rufay’ rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamdan o‘zingiz o‘rgangan bir narsa haqida meni xabardor 
qilsangiz! Tarviya kuni ul kishi peshin va asrni qaerda o‘qidilar?»-deb so‘radim. Anas: 
«Minoda»,- dedilar. Men: «Nafr kuni (hojilar Minodan qaytadirgan kun) asrni qaerda 
o‘qidilar?» - dedim. Anas: «Abtahda»,-dedilar-da, «Amidu umarolaring singari 
qilaverg‘il!» - deb qo‘shib qo‘ydilar». 
Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Tarviya kuni Minoga chiqib, eshak minib ketayotgan Anas 
raziyallohu anhuni uchratdim. «Bugun Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinni qaerda 
o‘qidilar?» - deb u kishidan so‘radim.
Anas: «Umarolaring qaerda o‘qisa, sen ham o‘sha yerda o‘qiyverg‘il!» - dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling