Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tosh otmasdan oldin tuya minib turib fatvo bermoq haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 132-bob. Mino kunlari xutba aytmoq qaqida
131-bob. Tosh otmasdan oldin tuya minib turib fatvo bermoq haqida
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul- Vido’da tuya minib turgan erdilar, odamlar savol bera boshlashdi. Bir kishi: «Bilmay, zabhdan oldin sochimni oldirib qo‘yibdirman»,-dedi. Janob Rasululloh: «So‘yaverg‘il, hech narsa qilmag‘aydir»,- dedilar. Yana boshqa birov: «Tosh otishdan oldin, bilmay zabh qilib qo‘yibdirman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Endi tosh otaverg‘il, hechqisi yo‘q»,- dedilar. O’sha kuni kim ne haqida so‘ramasin, «Bo‘laverg‘aydir, gunohi yo‘qdir»,- deb javob berdilar». Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Nahr kuni aytgan xutbalarida hozir erdim. Bir kishi turib: «Men falon narsa falon narsadan oldin bajarilg‘aydir, deb o‘ylardim»,- dedi. Yana boshqasi turib: «Men ham falon narsa falon narsadan oldin ado etilsa kerak, deb yurar erdim, Nahr kunidan oldin soch oldirib qo‘yibdirman»,-dedi. Xullas, har kim istagan savolini berdi. Janob Rasululloh: «Bir amalni ikkinchisidan oldin bajarmoqning gunohi yo‘qdir»,- dedilar. O’sha kuni kim ne haqida so‘rasa: «Vo‘laverg‘aydir, hechqisi yo‘qdir»-deb jayub qildilar». 132-bob. Mino kunlari xutba aytmoq qaqida Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni xutbada: «Ey odamlar, bugun qaysi kundir?»-dedilar. «Muqaddas (tabarruk) kundir»,- deyishdi. «Bu nechuk joydir?» - dedilar. «Muqaddas (tabarruk) joydir»,- deyishdi. «Bu oy qanday oydir?» -dedilar. «Muqaddas (tabarruk) oydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Qoningiz, molu holingiz va oru nomusingiz bir-biringiz uchun shu kun, shu joy va shu oyning muqaddasligi kabi muqaddasdir!» - dedilar. Buni bir necha bor takrorladilar. Keyin, boshlarini ko‘tarib: «Yo parvardigor-o, men yetkaza oldimmi, yetkaza olmadimmi?» - deb qo‘shib qo‘ydilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ul kishining bul so‘zlari o‘z ummatlariga qoldirgan vasiyatlari bo‘lib, «Mendan keyin o‘zaro qon to‘kib, kofir bo‘lib ketmangizlar!» deganlaridir». ' Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda xutba o‘qiyotganlarini eshitdim»,- dedilar. Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni bizga xutba o‘qidilar, so‘ng: «Bilurmisiz, bugun qaysi kundir?» -dedilar. Shunda biz: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- dedik. Ul kishi jim qoldilar, hatto biz bul kunni boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb o‘yladik. Keyin, boshlarini ko‘tarib: «Nahr kuni ermasmi?» -dedilar, biz: «Ha»,-dedik. «Bul qaysi oydir?»,- dedilar, biz: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,-dedik. Ul kishi yana jim qoldilar, hatto biz uni boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb xayol qildik. Keyin: «Zulhijja ermasmi?» - dedilar, biz: «Ha»,- dedik. «Bul qanday shahardir?»-dedilar, biz: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- dedik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling