Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Madina, Shom va Mashriq ahlining qiblasi; qibla na mashriqda va na


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

29-bob. Madina, Shom va Mashriq ahlining qiblasi; qibla na mashriqda va na 
mag‘ribda 
Abu Ayyub raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qazoi hojatga 
borsangiz, qiblaga yuzlanib yoki qiblaga orqa qilib o‘tirmangiz, balki mashriqqa qarab 
o‘tiringiz yokim mag‘ribga qarab o‘tiringiz! deb aytganlar»,— deydilar. Abu Ayyub yana 
bunday deydilar: «Shomga keldik, tahoratxona qiblaga qaratib qurilgan erkan. Sal 
burilib o‘tirdik-da, Ollohga istig‘for aytdik». 
30-bob. Olloh taolo: «Maqomi Ibroximda namoz o‘qingiz!»—deydir 
Amr ibn Dinor aytganlar: «Ibn Umardan kishi Baytullohni tavof qilsa-yu, Safo va Marva 
oralig‘ida yugurmasa, xotinini jimo’ qilmog‘i joizmi?» — deb so‘radik. Ibn Umar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib yetti marta Ka’bani tavof qildilar. Maqomi 
Ibrohim orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, Safo va Maryu oralig‘ida yugurdilar. Bu 
borada siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan yaxshi ibrat olmog‘ingiz kerak 
erdi»,— dedilar. Jobir ibn Abdullohdan (shu haqda) so‘rasak: «Safo va Marva o‘rtasini 
tavof qilmaguncha, xotinga yaqinlashilmaydir»,— dedilar». 
Sayf raziyallohu anhu quyidagi hadisni Mujohiddan eshitdim dedilar: «Ibn Umar 
huzurlariga kelib, «Ana, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baga kirib ketdilar»,— 
deyishdi. Men borsam, Janob Rasululloh Ka’badan chiqqan erkanlar, Bilol ersa Ka’ba 
eshiklari oralig‘ida turgan erkan. Biloldan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba 
ichida namoz o‘qidilarmi?» — deb so‘radim. Bilol: «Ha, kiraverishdagi ikki ustunning o‘ng 
tomonida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng turib Ka’baga qarab yana ikki rak’at namoz 
o‘qidilar»,— dedi». 
31-bob. Qayerda bo‘lsa ham qiblaga qarab namoz o‘qimoq kerak  
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam: «Qaerda bo‘lsang 
ham, qiblaga qarab takbir aytg‘il! — deganlar»,— deydilar. 
Al-Barro ibn Ozib aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bayt ul-Muqaddasga 
qarab 16 yoki 17 oy namoz o‘qigan erdilar. Aslida Rasulullah sallallohu alayhi va sallam 
Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Olloh taolo Rasulullohga «Yuzingni 
bir Ka’baga, bir osmonga qaratayotganingni ko‘rib turibmiz» degan oyatini nozil qildi va: 
«Odamlarning eng aqlsizi yaxudiylardir. Ularni ilgarigi qiblani o‘zgartirmoqqa ne majbur 
qilmishdir? Sen: «Mag‘ribu Mashriq ham Ollohnikidir, u o‘zi xohlagan bandasiga to‘g‘ri 
yo‘l ko‘rsatg‘usidir, deb aytgil!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga 
bir kishi namoz o‘qidi, keyin u asr namozini Bayt ul-Muqaddasga qarab o‘qiyotgan bir 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling