Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qo‘yxonalarda namoz o‘qimakning hukmi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

49-bob. Qo‘yxonalarda namoz o‘qimakning hukmi 
Abu at-Tayyohdan: «Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘y 
qo‘ralarida namoz o‘qir erdilar»,— degandi. Keyinchalik uning «Rasulullol, sallallohu 
alayhi va sallam masjid bino bo‘lmasdan avval qo‘yxonalarda namoz o‘qir erdilar»,— 
deganini ham eshitganman». 
50-bob. Tuyaxonalarda namoz o‘qimakning hukmi 
Nofi’ raziyallohu anhu: «Ibn Umar tuyasiga qarab namoz o‘qiyotganini ko‘rdim, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ham shunday qilganlarini ko‘rganman»,— 
deganlar (tuya qibla tarafda to‘siq bo‘lib turgan)». 
51-bob. Oldida tandir yokim o‘t (alanga) yohud qandaydir sig‘inish manbai 
turgani holda faqat Olloh taoloni nazarda tutib namoz o‘qigan kishi xususida 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men namoz o‘qiyotganimda ko‘zimga do‘zax 
otashi namoyon qilindi, deb aytganlar»,— deydilar Anas. 
Abdulloh ibn Abbos dedilar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
namoz o‘qidilar, keyin: «Namoz o‘qiyogganimda menga do‘zax o‘ti ko‘rsatildi. 
Bugungacha bundan dahshatliroq manzarani ko‘rmagandurmen»,— dedilar».
52-bob. Qabristonda namoz o‘qimaslik to‘g‘risida 
Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyingizda ham namoz o‘qingiz. 
Uyingizni mozorga o‘xshatib qo‘ymangiz!— deganlar»,— deydilar. 
53-bob. Odam yutgan yerlarda va azob yuborilgan joy larda namoz o‘qimaslik 
haqida 
«Hazrat Ali Bobildagi odam yutgan yerda namoz o‘qimoqni rad etdilar»,— deyiladi. 
Abdulloh ibn Umar naql qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Anavi boshiga 
azob yuborilgan qavmning yeriga kirmangiz. Mobodo kirsangiz, yig‘lab kiringiz. Agar 
yig‘lay olmasangiz, kirmangiz. Tag‘in ularning boshiga tushgan musibat sizning ham 
boshingizga tushmasin!»—deganlar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling