Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Imomning namozni mukammal o‘qish va qiblani yoddan chiqarmaslik


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

40-bob. Imomning namozni mukammal o‘qish va qiblani yoddan chiqarmaslik 
to‘g‘risida odamlarga va’z aytmog‘i 
Abu Hurayra aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiblani ko‘rib 
turibsizlarmi? Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, sizning sajdangiz ham, ruku’ingiz 
ham menga maxfiy ermasdir, men sizni orqamda tursangiz ham ko‘rib turg‘ayman»,— 
dedilar». 
Anas raziyallohu anhu aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz 
birlan birga namoz o‘qidilar, so‘ng minbarga ko‘tarilib, namoz va uning ruku’lari 
(arkonlari) to‘g‘risida gapirib: «Men sizni oldimdan ko‘rgandek, orqamdan ham 
ko‘rg‘ayman»,— dedilar». 
41-bob. Falon qavmning masjidi, deyish joizmi? 
Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
sovutilgan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida Xafyo’ degan joydan Saniyyat ul-Vido’ 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida esa Saniyyat ul-
Vido’dan to Baniy Zurayx, masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida 
Abdulloh ham bor edilar. 
42-bob. Masjidda mol taqsimlash va masjidga xurmo shingilini osish 
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Bahrayndan mol 
keltirishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidga to‘kib qo‘yingiz»,— 
dedilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ilgari keltirilgan mollardan ham ko‘p 
erdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqdilar, lekin molga 
qayrilib ham boqmadilar. Namozni tugatganlaridan keyingina molni taqsimlashga 
kirishdilar, ko‘zlari tushgan odamga ulashdilar, hech kim qolmadi, hammasiga berdilar. 
Shu payt amakilari Abbos kelib qoldilar va: «Yo Rasululloh, shu moldan menga ham 
beringiz, chunki men (Badr urushida) o‘zim va ukam Uqayl uchun fidya berdim (jon 
to‘lovi to‘ladim)»,—dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oling!»—
dedilar. Abbos ridolariga hovuchlab soldilar, keyin ko‘tarishga urindilar, ko‘tara 
olmadilar. So‘ng: «Yo Rasululloh, birontasiga aytingiz, ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo‘q!»— dedilar. «(Bo‘lmasa) o‘zingiz ko‘targ‘izib 
yuboringiz!»—dedilar Abbos. Rasululloh yana «Yo‘q!» — dedilar. Amakilari bir oz to‘kib, 
so‘ng ko‘tarishga urindilar, yana ko‘tara olmadilar. So‘ng: «Rasululloh, buyuringiz, 
birontasi ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: 
«Yo‘q!»— dedilar. Amakilari: «O’zingiz ko‘tartirib yuboringiz!»— dedilar. Rasululloh bu 
gal ham: «Yo‘q!»—dedilar. Abbos yana ozgina to‘kib tashladilar, keyin yelkalariga 
ko‘tarib chiqib ketdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abbos amakilari 
ko‘zga ko‘rinmay ketgunlaricha orqalaridan tikilib qoldilar, u kishining molga nisbatan 
bo‘lgan xirsiga ajablandilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha yerda moldan 
biron dirham qolmaguncha o‘rinlaridan turmadilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling