Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjid va boshqa joylarga o‘ng oyoq birlan kirmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

47-bob. Masjid va boshqa joylarga o‘ng oyoq birlan kirmoq 
Ibn Umar (masjidga) o‘ng oyoq birlan kirib, chap oyoq birlan chiqar erdilar. 
Oisha onamiz aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamma ishni iloji 
boricha o‘ngidan boshlamoqni yaxshi ko‘rar edilar (tahoratni ham, soch taramoqni ham, 
poyabzal kiymoqni ham)». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
48-bob. Johiliya davridagi (islomdan ilgarigi davrdagi) mushriklar qabrini 
ko‘chirib, o‘rniga masjid qursa, bo‘lg‘aymi? 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Yahudiylarga Olloh la’nat yuborsin! Ular o‘z 
payg‘ambarlarining qabrlarini masjidlarga aylantirib oldilar»,— deganlariga doir hamda 
qabrlar usti va atrofida namoz o‘qimakning makruhligi xususida 
Hazrat Umar Anas ibn Molikning qabr oldida namoz o‘qiyotganini ko‘rib: «E, yaxshimas, 
bu qabr, qabr-ku!» — dedilar-u, lekin namozni qaytarib o‘qimakni buyurmadilar. 
Oisha onamiz aytib berganlar: «Ummu Habiba va Ummu Salama Habashistonda o‘zlari 
ko‘rgan kanisalar va uning ichidagi suratlarni eslab, so‘zlashib o‘tirdilar, so‘ng, bular 
to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ham aytdilar. Rasululloh: «Ular, agar 
oralarida biror taqvodor kishi vafot etg‘aydir, uning qabri ustiga masjid qurib, o‘sha 
suratlarni solg‘aydirlar. Ular qiyomat kuni Olloh dargohida eng yomon xalqdir»,— 
dedilar». 
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga keldilar. 
Madinaning yuqori qismidagi Banu Amr mahallasiga kelib tushdilar. U yerda Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam 14 kecha turib qoldilar. Keyin, Banu Najjorga odam 
yubordilar. Ular qilichlarini taqib, tayyor bo‘lib kelishdi. hozir ham ko‘z oldimda turibdi, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarida o‘tiribdilar. Abu Bakr esa orqalariga 
mingashib olgan, Banu Najjor chor atroflarida, hatto Abu Ayyub maydoniga sig‘may 
ketishgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelib qolsa, 
o‘sha yerda namoz o‘qimakni yaxshi ko‘rar edilar va (hatto) qo‘y qo‘ralarida ham namoz 
o‘qiyverardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid qurmakni buyurib, Banu 
Najjor qabilasining bir jamoasiga odam yubordilar. Ular kelgach, «Ey Baniy Najjor, 
menga mana bu bog‘ hovlilaringizni sotingiz!»—dedilar. Ular: «Yo‘q, Ollohga qasam ichib 
aytg‘aymizkim, pul olmag‘aymiz, fi sabililloh beramiz»,— deyishdi. Anas aytadir: «O’sha 
bog‘-hovli ichida boya men sizlarga aytganim mushriklar qabrlari, xarobalar bo‘lib, 
xurmozor ham bor erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarning qabrlarini 
ko‘chirmakni buyurdilar, keyin xarobalar ham tekislandi. Xurmolarni kesishga buyurdilar
kesishdi. Xurmo yog‘ochlari (bo‘lajak) masjidning qibla tomoniga taxlab qo‘yildi. 
Odamlar poydevorga tosh tera boshladilar, ular bayt aytib tosh tashyshardi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam ham ular birlan birga ishlar erdilar va nuqul: «Ilohi, oxirat 
xayriyatidan boshqa xayriyat yo‘qdir, muhojiru ansoriylarni mag‘firat qilg‘aysen!» — der 
erdilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling