Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Azon ovozini eshitishi birlan qon to‘kmoqni to‘xtatg‘aydir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

6-bob. Azon ovozini eshitishi birlan qon to‘kmoqni to‘xtatg‘aydir 
Anas ibn Molik quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
agar biz birlan biror qavm urush qilayotgan ersa, tong otguncha urushgani qo‘ymas 
erdilar. Tongda azon ovozini eshitib urushni to‘xtatar erdilar, azon ovozini eshitmasalar
urushni davom ettiraverardilar. Bir kuni Xaybarga qarab yo‘lga chiqib, tunda yetib 
bordik. Tong otgach, hali azon aytilmagan paytda, ota,m Abu Talha ulovlarini mindilar
men orqalariga mingashib oldim, oyog‘im Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
ayoqlariga tegib borar erdi. Xaybarliklar savat va ketmonlarini ko‘tarib, qarshimizga 
chiqdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib: «Bu Muhammaddir, xudo haqqi, 
bu Muhammaddir! —deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni ko‘rib: 
«Ollohu akbar, Ollohu akbar, Xaybar xarob bo‘ldi, biz biror qavmning hovlisig‘a kelib 
tushsak, bizni chaqimchilik qilg‘anlarning holiga voydir!» — dedilar». 
7-bob. Azon ovozini eshitgan kishi ne deydir? 
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Azon 
ovozini eshitganingizda muazzin aytayotgan so‘zlarni takrorlab turingiz!» — deganlar». 
Iso ibn Talha: «Bir kuni men Muoviyaning muazzin aytayotgan so‘zlarni «Ashhadu anna 
Muhammadan Rasululloh» degan joyigacha takroran aytib turganini ko‘rdim», — 
deydilar. 
Yahyo ibn Abu Kasiyr yuqoridagi hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qila turib, dedilar: 
«Ba’zi birodarlarimiz menga aytdilarki, Muoviya, muazzin «Hayya alas-salot» deganda, 
«Lo havla va lo quvvata illo billohi» deb aytibdi-da: «Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va 
sallamning ham shundoq deganlarini eshitgandirman», — debdi». 
8-bob. Azonni eshitib bo‘lgach, duo aytmoq 
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki 
azonni eshitgach, «Ilohi, ushbu mukammal da’vat hamda abadiy namoz sohibi bo‘lmish 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
Muhammad alayhissalomning martabasini ulug‘ qilib, ne’matlaringni anga bisyor 
qilg‘aysan, ul zotga o‘zing va’da qilg‘an maqomi mahmudni (eng sharafli o‘rinni) ato 
etg‘aysan!» desa, qiyomatda men uni shafoat qilg‘aydirman», — deganlar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling