Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kiyimni bog‘lab va orqaga qaytarib olmoq


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

134-bob. Kiyimni bog‘lab va orqaga qaytarib olmoq 
Namozxon avrati ochilib qolmog‘idan qo‘rqsa, namozdan avval bog‘lab olg‘aydir. 
Sahl ibn Sahl: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o‘qiyotgan odamlar 
izorlari kichikligidan yelkalariga bog‘lab olar erdilar, ayollarga erkarlar to‘liq o‘tirib 
olmaguncha, sajdadan boshlarini ko‘tarmaslik buyurilgan erdi». 
135-bob. Namozxon (namozda) sochini orqaga qaytarmaydir 
Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yetti a’zosi birlan sajda 
qilmoqqa hamda kiyim va sochni orqaga qaytarmaslikka buyurildilar»,— deydilar». 
136-bob. Namozxon (namozda) kiyimini orqaga qaytarmaydir 
Ibn Abbos: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti a’zo birlan sajda 
qilmoqqa hamda sochim birlan kiyimimni orqaga qaytarmaslikka buyurildim, deb 
aytganlar»,— deydilar. 
137-bob. Sajdada duo va tasbih aytmoq 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ va sajda 
qilganlarida «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘-firli» degan 
duoni ko‘p o‘qir erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qur’ondagi («Fasabbih 
bihamdi rabbika vastag‘firhu») oyatni talqin qilib shunday der erdilar». 
138-bob. Ikki sajda o‘rtasida bir zum tin olmoq 
Molik ibn Huvayris sheriklariga: «Ey, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
qandoq namoz, o‘qiganlarini aytib berayinmi yo ko‘rsatib berayinmi?» — dedi. «Bu 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
namozdan tashqari vaqtda bo‘lgan erdi»,— deydilar Abu Qiloba. Molik o‘rnidan turib, 
takbir aytib namoz o‘qimoqqa kirishdi, keyin ruku’ qildi, so‘ng takbir aytib ruku’dan 
boshini ko‘tardi, keyin bir oz tin olib, sajda qildi, so‘ng sajdadan bosh ko‘tarib, bir oz tin 
oldi. Abu Qiloba: «Ul shayximiz Amr ibn Salamaga o‘xshab namoz o‘qidi»,— deydilar. 
«O’sha shayx namozda boshqalar qilmaydigan narsalarni qilar erdi, 3-nchi rak’atning 
oxiri v 4-nchi rak’atning boshlanishida bir oz tin olur erdi»,— deydilar Ayyub raziyallohu 
anhu. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bir oy turdik,— deydilar 
Molik,— shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Ahlingizga qaytsangiz, 
falon namozni falon vaqtda va falon namozni falon vaqtda o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, 
oralaringizdan bir kishi azon aytsin, yoshi kattasi imom bo‘lsin!» — dedilar». 
Barro ibn Ozib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda, ruku’ va ikki sajda 
o‘rtasidagi o‘tirishga deyarli bir xil vaqt sarflar erdilar»,— deydilar.
Anas raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan nechuk 
namoz o‘qigan bo‘lsalar, sizlar birlan ham xuddi shundoq namoz o‘qig‘aydirman»,— 
dedilar. «Anas namozda boshqalar qilmaydirgan harakatlarni qilar erdi, men sizlarning 
bundoq qilganingizni ko‘rmaganman. Ul ruku’dan bosh ko‘targanda va ikki sajda 
o‘rtasida bir oz tin olar erdi, hatto biz (sajdaga borish) esidan chiqib qoldimikin, deb 
o‘ylar erdik»,— deydilar Sobit raziyallohu anhu. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling