Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Olloh taoloning «Jum’a namozi o‘qib bo‘lingach, tirikchiligintizni
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41-bob. Salot ul-xavf (xavf tugilganda o‘qiladigan namoz)
39-bob. Olloh taoloning «Jum’a namozi o‘qib bo‘lingach, tirikchiligintizni
qilinsiz va Olloh taolodan halol rizq tilangiz!» degan oyati karimasi Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Biz tomonda bir xotin bor erdi, dalasiga qand lavlagi ekar erdi. Jum’a kuni bo‘lsa, qand lavlagini yulib, bir hovuch arpa birlan qaynatib qo‘yar erdi. Qand lavlagi iligdek bo‘lar erdi. Namozi jum’adan qaytayotib ayolga salom berib o‘tar erdik, u bizga o‘sha taomdan keltirar erdi. Undan yalar erdik. Keyin, yana qachon jum’a kuni kelar erkan, deb orzu qilar erdik. Jum’a kuni namozdan keyingina qaylula qilar erdik, tushlikni ham faqat jum’adan so‘ng yer erdik». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 183 40-bob. Jum’a namozidan so‘ng qaylula qilmoq «Jum’aga ertaroq borib kelib, qaylula qilar erdik»,- deydilar Anas raziyallohu anhu. «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga jum’a namozini o‘qib, so‘ng dam olar erdik»,- deydilar Sahl raziyallohu anhu. 41-bob. Salot ul-xavf (xavf tugilganda o‘qiladigan namoz) Olloh taolo o‘z oyati karimasida bunday deydir: «Agar safarda bo‘lg‘aydirsiz-u, kofirlarning fitna qilib hujum etib qolmaklaridan cho‘chigaydirsiz, namozni qisqaroq o‘qimog‘ingizning zarari yo‘qdir, zero kofirlarning sizlarga dushmanlik qilmog‘i turgan gapdir. (Ey payg‘ambar), agar sen sahobalaring birlan birga bo‘lg‘aydirsen-u, imomlik qilib namoz o‘qimoqchi bo‘lg‘aydirsen, ularning bir qismi sen birlan namoz o‘qisin, ikkinchi qismi ersa, sizlarni qurol tutib orqangizdan qo‘riqlab tursin! Birinchi rak’at tugagach, namoz o‘qimagan qo‘riqchi qism kelib sen birlan birga ikkinchi rak’atni o‘qisin! Birinchi qism ersa, ehtiyot choralarni ko‘rib tursin! (Chunkim) qurol-aslahalaringizni tashlab namoz o‘qiyotganingizda kofirlar sizlarni g‘aflatda qoldirib birdan hujum qilib qolmoqlari mumkindir. Lekin, yomg‘ir yog‘ib loygarchilik bo‘lsa yokim kasal ersangiz, qurol aslahalaringizni qo‘yib, namoz o‘qisangiz bo‘lg‘aydir. Ogoh bo‘lingiz, Olloh taolo kofirlarni tahqirlovchi azob tayyorlabqo‘ygandir!» Shu’ayb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salot ul-xavf o‘qiganmilar?» -deb Zuhriydan so‘radim. Ul: «Menga otam Abulloh ibn Umar bu xususda bunday degan erdilar»,- deb quyidagilarni aytib berdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotga chiqdim. Najd tomonda dushmanning to‘g‘risiga kelib saf tortdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimakka turdilar, bir guruh odamlar ul kishiga iqtido qildi, ikkinchi guruh ersa, dushmanni kuzatib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido etib namoz o‘qiyotgan kishilar bir marta ruku’ aylab, ikki marta sajda qildi, so‘ng, ular namozgohni tark etdilar, o‘rinlariga qo‘riqlab turgan ikkinchi guruh borib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ular birlan birga ham bir marta ruku’ va ikki marta sajda qildilar, so‘ng salom berdilar. Ikkinchi guruhdagi kishilarning har biri o‘zlari mustaqil ravishda yana bir marta ruku’ va ikki marta sajda qilib oldi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling