Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
www.ziyouz.com kutubxonasi
180 (Hishom: «O’sha munofiqqa aytishadirgan ogir gaplarni Fotima menga aytgan erdi, lekin yodimdan ko‘tarilibdir»,- deydi)». Amr ibn Tag‘lib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallamga o‘lja mollar va asirlar keltirildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni taqsimladilar. Ba’zi kishilarga berdilar, ba’zilariga bermadilar. Shunda o‘lja tegmagan kishilar norozi bo‘layotganini aytishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib, so‘ng «Ammo ba’d («Andin so‘ng ersa») deb qo‘ydilar-da, «Olloh haqqi-hurmati, men ba’zi bir kishiga o‘lja bergayman, ba’zisiga ersa, bermagayman. Lekin, o‘lja olmagan kishi menga o‘lja olgan kishidan ko‘ra mahbubroqdir. Qalbida qanoatsizlik, mol-dunyoga hirsi borligini sezgan kishimga o‘lja bergayman. Olloh qalblariga ko‘zi to‘qlik va qanoat jo qilgan kishilarni ersa, yanada nazari to‘q va qanoatli bo‘lmoqqa undagayman, Amr ibn Tag‘lib o‘sha sabrlilar toifasidandir»,- dedilar. Xudo haqqi, Janob Rasulullohning bu gaplari menga har qancha molu dunyodan ortiq erdi». Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni yarim kechada masjidga chiqib namoz o‘qidilar, odamlar ham ularga iqtido qilib, nafl o‘qishdi. Tong otgach, odamlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechada masjidga chiqib namoz o‘qidilar»,-deb o‘zaro gaplashishdi. Ertasiga kechqurun undan ham ko‘p odam yig‘ilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidilar. Tong otgach, yana shu haqda o‘zaro so‘zlashdilar. Uchinchi kechada masjid ahli juda ham ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib namoz o‘qydilar, odamlar ham o‘qishdi. To‘rtinchi kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar, faqat tong otganda bomdod namoziga chiqdilar. Namozni o‘qib bo‘lgach, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar: «Sizlarning bu sa’yu kushishlaringiz, albatta, yaxshi, biroq kechasi namoz o‘qimoq farz bo‘lib qolib, keyin qiynalib qolmangiz, dedim». AbuHumayd as-So’idiy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan keyin o‘rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sano va tahlil aytganlaridan so‘ng, «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar». Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib hamdu sano aytayotganlarida «Ammo ba’d» deganlarini eshitdim». Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam enlariga izor kiyib, boshlariga katta salla o‘rab, so‘nggi marta minbarga chiqdilar, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng: «Ey odamlar, menga yaqinroq kelingiz!» -dedilar. Odamlar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga to‘plandi. Rasululloh «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar: «Mana bu ansoriylar qabilasi kelajakda ozayg‘aydir, (boshqa) odamlar ersa, ko‘payg‘usidir. Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatiga mansub mansabdor odamning biror kishiga zarari yokim foydasi tegsa, yaxshiligini qabul qilib, yomonligini afv etsinlar!» Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling