Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qahatchilik bo‘lganda odamlarning «Olloh taolodan yomg‘ir tilab


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

36-bob. Qahatchilik bo‘lganda odamlarning «Olloh taolodan yomg‘ir tilab 
bering!» deb imomga aytmog‘i 
Abdulloh ibn Dinorga otalari quyidagicha rivoyat qilgan erkanlar: «Ibn Umarning «Ey 
Tangrim, beva-bechoralar va yetim-esirlar haqqi, yomg‘ir, yogdirg‘il!» degan 
mazmundagi Abu Tolib yozgan she’rni o‘qib iltijo qilayotganini eshitdim». 
Solimga otasi Abdulloh ibn Umar bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamning minbarda turib yomg‘ir so‘rashlari bilanoq yuzlariga yomg‘ir 
tomchilay boshlaganini ko‘rganimda shoir Abu Tolibning «Ey Tangrim, beva-bechoralar 
va yetim-esirlar haqqi, yomg‘ir yog‘dirg‘il!» degan mazmundagi she’ri yodimga tushgan 
erdi shekilli». 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar, qurg‘oqchilik bo‘lganda, Abbos 
ibn Abd ul-Mutallibni o‘rtaga qo‘yib Ollohdan yomg‘ir so‘rar erdilar. «Ilohiy, biz sendan 
payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni o‘rtaga qo‘yib yomg‘ir so‘rar erdik, yomg‘ir 
berar erding. Endi biz Rasulullohning amakilarini o‘rtaga qo‘yib sendan yomg‘ir 
so‘raymiz, yomg‘ir berg‘il bizga!» deb iltijo qilur erdilar. So‘ng, Olloh taolo yomg‘ir 
yuborar erdi». 
37-bob. Yomgir so‘rayotganda ridoni tanaga yaxshilab o‘rab olmoq 
Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini 
yaxshilab o‘rab olib, keyin Olloh taolodan yomgir so‘radilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozgohga 
chiqib, yomg‘ir so‘radilar. So‘ng, qiblaga qarab turib ridolarini tanalariga yaxshilab o‘rab 
oldilarda, ikki rak’at namoz o‘qidilar». 
38-bob. Jome’ masjidida yomg‘ir so‘ramoq 
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi jum’a kuni masjidga minbar to‘g‘risidagi 
eshikdan kirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turib xutba aytayotgan erdilar. 
Voyagi kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yuzlanib, tik turgan holda: «Yo 
Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan so‘rangiz, bizga 
yomg‘ir bersin!»- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, 
bizga yomg‘ir berg‘il! Ilohi, bizga yomg‘ir berg‘il! Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb uch 
marta duo qildilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o‘shanda havo mutlaqo ochiq 
bo‘lib, osmonda bir parcha ham bulut ko‘rinmas erdi, xullas, havoning yomg‘ir 
yog‘adigan siyog‘i yo‘q erdi. Biz turgan joy birlan Sal’ (Madinai Munavvaradagi tog‘) 
oralig‘ida birorta uy ham, hovli ham yo‘q erdi. To‘satdaya tog‘ ortidan qalqonsimon bir 
bulut paydo bo‘lib, tobora kattalasha boshladi va nihoyat butun osmonni qoplab oldi. 
So‘ng, yomg‘ir yog‘di. Olti kun Quyoshni ko‘rmadik. Keyingi jum’ada ham Rasululloh tik 
turib xutba aytayotgan erdilar. Birdan o‘sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo 
Rasululloh, yomg‘ir ko‘pligidan chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh 
taolodan so‘rang, yomg‘irni to‘xtatsin!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
qo‘llaryni ko‘tarib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmagil! Ilohi, 
tepaliklarga, tog‘larga, vodiylarga, o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!»-deb duo qildilar. Dam o‘tmay 
yomg‘ir to‘xtadi, masjiddan chiqib ketayotganimizda Quyosh charaqlab turardi». 
Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan 
odam, o‘sha yomgir so‘rab kelgan odamning o‘zimidi?» - deb so‘raganda, Anas: 
«Yodimda yo‘q»,- degan ekanlar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling