Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Yomgir qachon yog‘mog‘ini Ollohdan o‘zgasi bilmag‘aydir!
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
61-bob. Yomgir qachon yog‘mog‘ini Ollohdan o‘zgasi bilmag‘aydir!
AbuHurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshta narsani Olloh taolodan o‘zgasi bilmag‘aydir, deganlar»,- deydilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 204 Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Royib (inson bilolmaydigan) narsalar beshta bo‘lib, ularni Ollohning o‘zigina bilur, xolos. Ular quyidagilar: 1. Ertaga ne bo‘lmog‘ini bilmas; 2. Homilaning o‘g‘il yokim qiz erkanini bilmas; 3. Ertaga qay yerdan rizqini topib yemog‘ini bilmas; 4. Qay yerda o‘lmog‘ini bilmas; 5. Yomg‘ir qachon yog‘mog‘ini bilmas»,- dedilar». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 205 ÉΟó¡Î0 «!$# Ç⎯≈uΗ÷q§9$# ÉΟŠÏm§9$# KUN TUTILISHI TO’G’RISIDAGI KITOB 1-bob. Quyosh tutilganda namoz o‘qimoq Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning huzurlarida (suhbatlashib o‘tirgan) erdik, Quyosh tutilib qoldi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar-da, ridolarini sudrab masjidga kirib ketdilar. Ortlaridan biz ham kirdik. To Quyosh tutilib bo‘lguncha biz birlan birga ikki rak’at namoz o‘qidilar (namozni cho‘zib o‘qidilar), so‘ng: «Quyosh va Oy biror kishining o‘lgani uchun tutilmagaydir. Qachonkim Quyosh yoki Oy tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, tutilib bo‘lguncha namoz o‘qib va duo aytib Olloh taologa iltijo qilingiz!» - dedilar». Qays raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh va Oy biror kishining o‘lgani uchun tutilmag‘aydir, albatta. Lekin, ular Olloh taoloning cheksiz qudratga ega erkanligini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, tezda o‘rningizdan turib namoz o‘qingiz!»- degan erkanlar. Buni menga Abu Mas’ud aytdi». Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmashydir. Lekin, Quyosh birlan Oy Olloh taoloning qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim, ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qingiz!»-deganlar». Mug‘ira ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan kuni Quyosh tutildi. Shunda odamlar: «Ibrohim vafot etgani uchun Quyosh tutildi»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy'biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir, qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qib va duo aytib, Ollohga sig‘iningiz!» - deb aytdilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling