Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Haddan ziyod yomg‘ir yoqqanda «atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
46-bob. Haddan ziyod yomg‘ir yoqqanda «atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga
yog‘dirmagil!» - deb iltijo qilmoq Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’ada xutba aytib turganlarida odamlar ul kishiga baland ovoz birlan: «Yomg‘ir yog‘may qo‘ydi, dov-daraxtlar quridi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir yuborsin!» - deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb ikki marta duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq erdi, hatto osmonda biror parcha bulut ham ko‘rinmas erdi. Birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir yog‘di. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, jum’a namozini o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlarida ham yog‘ayotgan yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. Kelasi jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib xutba aytayotganlarida odamlar qichqirib: «Yo Rasululloh, uylar buzilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!» - deyishdi. Shunda Rasululloh tabassum qilib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb duo qildilar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 201 Madinada havo ochilib, yomg‘ir shahar atrofiga yog‘a boshladi. Madina ustiga bir tomchi ham yog‘madi. Madinaga qarasam, toj singari tovlanib turardi». 47-bob. Tik turgan holda yomg‘ir so‘rab duo aytmoq Abu Ishoq raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Yazid va ul kishi birlan birga Barro ibn Ozib hamda Zayd ibn Arqam (Olloh taolo ulardan rozi bo‘lsin) Ollohdan yomg‘ir so‘rab sahroga chiqdilar. Abdulloh ibn Yazid va ul birlan birga chiqqan odamlar oyoq yalang tik turishdi. Abdulloh ibn Yazid Olloh taologa istig‘for aytib yomg‘ir so‘radi (minbarga chiqmadi, chunkim minbar yo‘q erdi). So‘ng, azon ham, takbir ham aytmay, eshittirib qiroat qilib, ikki rak’at namoz o‘qidi. Abdulloh ibn Yazid Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgan sahobalardan erdi». Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari bo‘lmish Ibod ibn Tamimning amakilari bunday deb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan odamlarga yomg‘ir so‘rab bermoq uchun ular birlan namozgohga chiqdilar. Shunda minbarga chiqmay, tik turgan holda Ollo.h taolodan yomg‘ir so‘rab duo qildilar. So‘ng, qibla tomon yuzlanib, ridolarini yaxshilab o‘rab oldilar-da, namoz o‘qidilar, keyin yomg‘ir yog‘di». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling